• C++ Builder
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet76/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonli o‘zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda float yoki double tiplaridan foydalaniladi. Haqiqiy sonning kompyuter xotirasidagi ko‘rinishi, butun sonning tasviridan farq qiladi. Son mE ± p eksponensial shaklida ifodalanadi. Bu yerda m – mantissa (o‘nli ko‘rinishdagi butun yoki kasr son), p – tartibi (butun son). Eksponensial yozuvdagi sonni odatdagi yozuvga aylantirish uchun, mantissa (m) ni tartib (p)ning o‘ninchi darajasiga ko‘paytirish kerak. Masalan,
    -2,135E + 3 = -2,135∙10 3 = -2135,
    5,1E – 5 = 5,1∙10 -5 = 0,000051
    Odatda float tipi kompyuter xotirasidan 4 bayt joy egallaydi, shundan bitta ikkilik bit belgiga, 8 bit tartibga va 23 mantissaga beriladi.
    double tipidagi qiymatlar kompyuter xotirasidan 8 bayt joy egallaydi, unda tartib va ​​mantissa uchun mos ravishda 11 va 52 bit ajratilgan. Mantissaning uzunligi sonni aniqligini belgilaydi va tartibi uzunligi esa uning diapazoni anglatadi. double tip nomi oldida long xizmatchi so‘zi yozilsa, xotiradan 10 bayt joy ajratiladi. Haqiqiy tiplarning toifa nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi 4.4-jadvalda keltirilgan.
    Haqiqiy tiplar
    3.1.4-jadval
    Haqiqiy sonli tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi

    t/r

    Toifa nomi

    Hajm, bit

    Qiymatlar chegarasi

    1.

    float

    4

    3.4Е-38 ... 3.4E+38

    2.

    double

    8

    1.7Е-308 ... 1.7E+308

    3.

    long double

    10

    3.4Е-4932 ... 3.4E+4932

    Jadvalda keltirilgan haqiqiy sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflashga quyidagi misollarni keltirish mumkin:


    float a=0.1, m=2.5;
    double f1=1.05, f2=10.9, f3=0.001;

    Ba’zi hollarda dasturlarda o‘zgarmas qiymatlar bilan ishlash lozim bo‘ladi. Masalan, π, n=20, e=2.71 kabi sonlar C++ Builder dasturlash muhitida quyidagi ko‘rinishda e’lon qilinadi: const toifa_nomi konstanta_nomi=konstanta_qiymati.


    Misol uchun: const double E=2.718282; const float PI=3.1415; const long m=99999999.
    const r=50 misolda konstanta toifasi ko‘rsatilmagan, bu konstanta int toifasiga tegishli deb hisoblanadi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.