|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 74/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023C++ Builder dasturlash muhitining munosabat amallari quyidagi jadvalda keltirilgan (3.1.1-jadval)
3.1.1-jadval
C++ Builderdagi belgisi
|
Matematik ko‘rinishi
|
Ma’nosi
|
==
|
=
|
teng
|
!=
|
|
teng emas
|
<
|
<
|
kichik
|
<=
|
|
kichik yoki teng
|
>
|
>
|
katta
|
>=
|
|
katta yoki teng
|
Dastur tuzish vaqtida ==, !=, >= va <= operatorlarni yozganda oraga bo‘sh joy qo‘yish sintaksis xato hisoblanadi. Bunda, ya’ni kompilyator dasturdagi xatoni ko‘rsatadi va uni tuzatilishini talab etadi. Ushbu operatorlarning belgilari joyini almashtirish, masalan <= ni =< ko‘rinishda yozish aksariyat hollarda sintaksis xatolarga olib keladi. Ba’zida esa != ni =! ko‘rinishda yozish ham sintaksis xato, mantiqiy xato bo‘ladi. Mantiqiy xatoliklarni kompilyatsa qilish orqali toppish imkoniyati mavjud emas. Ammo ular dastur ishlash mantig‘ini o‘zgartirib yuboradi. Bu kabi xatolarni topish esa juda mashaqqatli ishdir (! operatori mantiqiy inkordir). Yana boshqa xatolardan biri tenglik operatori (==) va tenglashtirish, qiymat berish operatorlarini (=) bir-biri bilan almashtirishdir. Bu ham dastur natijasi xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Foydalanuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ma’lum harakatni, kompyuter qurilmasiga maxsus so‘zlardan tashkil topgan operatorlar yordamida yetkazib, amalga oshirish mumkin. Demak, kompyuter uchun operator bajarilishi shart bo‘lgan buyruqdir. Operatorlar algoritmik tillarda asosiy tushuncha hisoblanib, o‘z navbatida ikki guruhga, ya’ni, oddiy va murakkab operatorlarga ajratiladi. Oddiy operatorlar tarkibiga shartsiz o‘tish (goto), o‘zlashtirish(=) kabi operatorlar kiritilishi mumkin. Murakkab operatorlar esa bir necha oddiy operatorlarni o‘z ichiga oladi.
Dasturlash muhitining kalit so‘zlari
3.1.2-jadval
1.
|
int
|
11.
|
extern
|
21.
|
else
|
2.
|
char
|
12.
|
register
|
22.
|
for
|
3.
|
float
|
13.
|
typedef
|
23.
|
do
|
4.
|
double
|
14.
|
static
|
24.
|
while
|
5.
|
struct
|
15.
|
goto
|
25.
|
switch
|
6.
|
union
|
16.
|
return
|
26.
|
case
|
7.
|
long
|
17.
|
sizeof
|
27.
|
default
|
8.
|
short
|
18.
|
break
|
28.
|
entry
|
9.
|
unsigned
|
19.
|
continue
|
29.
|
if
|
10.
|
auto
|
20.
|
enum
|
30.
|
bool
|
C++ Builderda yangi ilova yaratish uchun, uning asosiy menyusining File (Fayl) bo‘limining New (Yangi) bandini va hosil bo‘lgan yangi menyuning Application (Ilova) bandi tanlanadi. Agar oldingi ilova saqlanmagan bo‘lsa, C++ Builder bu haqida ogohlantiradi va uni saqlab qo‘yishni taklif qiladi. Bunda eski ilovani saqlab qo‘yish yoki uni saqlamasdan yangi ilovaga o‘tish mumkin.
C++ Builderda ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlarning barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan. Bular quyidagilar:
1. Save
2. Save as …
3. Save Project as …
4. Save All
Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug‘i ilovani joriy nomi bilan saqlash uchun xizmat qiladi. Ikkinchisi yangi nomga saqlaydi. Uchinchisi ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi esa loyihaning barcha fayllarini saqlash uchun xizmat qiladi.
Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining asosiy xossalari, bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalarni C++ Builderning ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida, uning o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning boshqa usuli ham mavjud.
Sichqonchani ilova oynasi (Form1) ustiga keltirib uning chap tugmasi bosiladi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida kerakli xossalarning qiymati o‘zgartiriladi. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa, bu oynada ko‘rinmasa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin.
Ilova oynasining o‘lchamlarini Width va Height xossalari yordamida o‘zgartiriladi. Bu amallarni qisqacha quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng foydalanamiz:
Form1->Width=400; // loyiha oynasi kengligi 400 piksel
Form1->Height=300; // loyiha oynasi balandligi 300 piksel
Ilova oynasining sarlavhasini oldindan berilgan Form1 dan “Mening birinchi ilovam” ga o‘zgartirish uchun
Form1->Caption= “Mening birinchi ilovam”; dastur kodi kiritiladi.
Form1->Color=“ClAqua” dastur kodi yordamida loyiha oynasining rangini o‘zgartirish mumkin.
Misol sifatida Form1->Left=100, Form1->Top=50, Form1->Width=500, Form1->Height=400 xossalari yordamida ilova oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50 ga hamda kengligi va balandligini 500 va 400 ga teng qilib o‘rnatamiz.
Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilova ishchi holatga o‘tkaziladi. Buning uch xil usuli mavjud:
1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini tanlash.
2. Jihozlar panelidagi tugmasini bosish.
3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish.
3.1.5-rasm. Ilova oynasi
Ilova bilan ishlashni tugatish uchun, uning o‘ng yuqori burchagidagi tugmasi bosiladi yoki Run menyusidan Program Reset bandi tanlanadi.
|
| |