|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 73/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Dasturlash maydoni. C++ Builder dasturlash muhitida har qanday masalalarni dasturlash uchun Unit1.cpp maydoniga dastur kodi kiritiladi. C++ Builder dasturlash muhitida dastur kodini kiritish uchun Unit1.cpp maydonidagi buyruqlarni o‘chirmasdan dastur kodini kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Dastur kodi { ... } belgilari orasiga kiritiladi.
C++ Builder dasturlash muhitida ixtiyoriy masalani dasturini kiritishda har bir tugma uchun alohida protsedura yaratiladi. Masalan, Form1 oynasining dasturlash maydoni quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
#include
#pragma hdrstop
#include "Unit1.h"
#pragma package(smart_init)
#pragma resource "*.dfm"
TForm1 *Form1;
__fastcall TForm1::TForm1(TComponent* Owner) : TForm(Owner)
{
}
3.1.3-rasm.
Demak, har qanday dastur yuqorida berilgan asosiy tuzilmaning xususiy holi bo‘lishi mumkin va ular o‘z navbatida C++ Builder dasturlash muhitida, tilga xos bo‘lgan asosiy tushunchalar orqali hosil qilinadi.
C++ Builder dasturlash muhitining alifbosi. Tanlab olingan algoritm asosida qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun har qanday algoritmik tilning o‘z alifbosi, buyruqlar majmuasi va maxsus dasturlar jamlangan kutubxonasi bo‘lishi zarur. C++ Builder dasturlash muhiti alifbosini uch qismga bo‘lish mumkin: 1. Katta va kichik lotin alifbosi xarflari (A,B,..,Z, a,b,…,z); 2. Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
3. Maxsus belgilar: “ , {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^.
Ko‘rinmaydigan belgilar (“umumlashgan bo‘shliq belgilari”). Leksemalarni o‘zaro ajratish uchun ishlatiladigan belgilar (misol uchun bo‘shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o‘tish belgilari).
Agar loyihada matematik funksiyalarga oid masalalarni dasturlash talab etilsa, dasturlash oynasining sarlavha qismiga #include dastur kodi kiritiladi:
#include
#include
#pragma hdrstop
#include "Unit1.h"
#pragma package(smart_init)
#pragma resource "*.dfm"
TForm1 *Form1;
__fastcall TForm1::TForm1(TComponent* Owner)
: TForm(Owner)
{
}
3.1.4-rasm.
|
| |