III BOB. C++ BUILDER DASTURLASH MUHITIDA VIZUAL ILOVALAR YARATISH
3.1-§. C++ Builder dasturlash muhiti bilan tanishish. Standart komponentalar palitrasidan foydalanish
Borland C++ Builderning vizual muhiti. C++ Builder 6 dasturlash muhitini vizual muhitini ishga tushirishning bir nechta usullari mavjud. Bular foydalanuvchining ish stolidagi yorliq orqali, quyi masalalar paneli va bosh menyu yordamida ishga tushirish mumkin. Agar kompyuterda C++ Builder 6 dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda bosh menyu yordamida quyidagi Пуск→Программы→C++ Builder 6 ketma-ketlik bajariladi. Natijada, quyidagi loyiha oyna hosil bo‘ladi:
3.1.1-rasm.
Bunda 1. Menyular satri, uskunalar paneli; 2. Loyiha oynasi; 3. Obyektlar daraxti; 4. Object Inspectori; 5. Dasturlash maydonini anglatadi.