|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 72/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Komponentalar palitrasi. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlar)ga aytiladi. Dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. C++ Builderda yuzlab boshqarish elementlari bo‘lib, ular yigirmadan ortiq komponentalar paneliga joylashtirilgan.
Loyiha oynasi. C++ Builerning asosiy oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo‘lib, ularning asosiy oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasini ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz. U bilan ishlash, uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini o‘zgartirishdan iborat.
Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda, unda foydalaniladigan obyektlar soni keskin oshadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning qulay usuli bu Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro‘yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna obyektlar brauzeri deb ham ataladi. Obyektlardan biri ikkinchisini o‘z ichiga olishi mumkin. Shu sababli obyektlarning daraxtsimon (shoxlovchi) ro‘yxati eng qulay ro‘yxatdir.
Dasturlash jarayonida dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli xossalari va amallaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning o‘nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o‘rni juda katta.
Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda, bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va qiymatlarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi.
|
| |