|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 75/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023 Borland C++ Builderda tiplar
C++ Builder dasturlash muhitida o‘zgaruvchilarni tavsiflash. Ma’lumki, har qanday qiymat yoki belgi bilan ish ko‘rish uchun eng avvalo ularga kompyuter xotirasida joy ajratish zarur hisoblanadi. Buning uchun ishlatilishi zarur bo‘lgan o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar C++ Builder dasturlash muhitida e’lon qilinishi lozim. Umumiy holda o‘zgaruvchilar toifa_nomi o‘zgaruvchi_nomi ko‘rinishida e’lon qilinadi. O‘zgaruvchilar qiymatlar chegarasi va xotiradan egallaydigan joyiga qarab turlicha e’lon qilinishi mumkin.
Butun sonlar. Butun sonli o‘zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda int tipidan foydalaniladi. int tipidagi o‘zgaruvchi kompyuter xotirasidan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt joy egallaydi. Bu protsessorning ishlashiga bog‘liq hisoblanadi.
Butun sonli qiymatlarning toifa nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi 3.1.3-jadvalda keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, barcha butun sonlar ishorali bo‘lganligi sababli signed spetsifikatorini yozish majburiy emas.
3.1.3-jadval
Butun sonli tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi
t/r
|
Toifa nomi
|
Hajm, bit
|
Qiymatlar chegarasi
|
1.
|
int
|
4 bayt
|
–2147483647 ... 2147483647
|
2.
|
unsigned int
|
4 bayt
|
0 ... 4294967295
|
4.
|
short int
|
2 bayt
|
–32767 ... 32767
|
5.
|
long int
|
4 bayt
|
–2147483647 ... 2147483647
|
6.
|
unsigned short int
|
2 bayt
|
0 ... 65535
|
8.
|
long long int
|
8 bayt
|
–(263–1) ... (263–1)
|
10.
|
unsigned long int
|
4 bayt
|
0 ... 4294967295
|
11.
|
unsigned long long int
|
8 bayt
|
0 ... 264–1
|
Jadvalda keltirilgan butun sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflashga quyidagi misolni keltirish mumkin:
int t, y, p;
unsigned long int Q, E, V;
Shu bilan birga o‘zgaruvchilarni tavsiflash jarayonida, ularga boshlang‘ich qiymat berish ham mumkin:
int t=-5, y=1, p=-20;
unsigned long int Q=10, E=2, V=20;
|
| |