|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 78/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Toifa o‘zgartirish funksiyalari
3.1.5-jadval
1
|
IntToStr(k)
|
butun k ni tasvirlovchi satr
|
2
|
FloatToStr (n)
|
haqiqiy n ni tasvirlovchi satr
|
3
|
StrToInt (s)
|
satrni butun songa o‘tkazish
|
4
|
StrToFloat (s)
|
satrni haqiqiy songa o‘tkazish
|
5
|
FloatToText(s)
|
haqiqiy s ni satrli ko‘rinishga o‘tkazish
|
6
|
TextToFloat(s)
|
s satrni haqiqiy songa o‘tkazish
|
|
DateToStr(sana)
|
sanani satrga o‘tkazish
|
|
DateTimeToStr(sana_vaqt)
|
sana va vaqtni satrga o‘tkazish
|
|
TimeToStr(vaqt)
|
vaqtni satrga o‘tkazish
|
7
|
char(n)
|
n kodli belgi
|
8
|
int (n)
|
sonning butun qismi
|
9
|
atof(s)
|
s satrni haqiqiy songa o‘tkazish
|
10
|
atoi(s)
|
s satrni butun songa o‘tkazish
|
11
|
atol(s)
|
s satrni uzun butun songa o‘tkazish
|
C++ Builder dasturlash muhitida belgilarning ishlatilishi. Bizga ma’lumki, dastur tuzish jarayonida dasturga ayrim belgilarni ishlatishga to‘g‘ri keladi. C++ Builder dasturlash muhitida belgilarni loyiha oynasiga chiqarish uchun char() funksiyadan foydalaniladi. Misol tariqasida @ belgini loyiha oynasiga chiqarish uchun 64 sonidan foydalanamiz. Uning dastur kodi quyidagicha: char(64);
Belgi va harflarni tasniflashda o‘nli sanoq sistemasidagi sonlardan foydalaniladi. O‘nli sanoq sistemasidagi har bir raqam birorta belgi yoki harfni anglatadi.
(Belgilar jadvali 2.5-§ da keltirilgan)
C++ Builder dasturlash muhitida satrlar bilan ishlash. C ++ Builderda satrli ma’lumotlar uchun AnsiString toifasidan foydalaniladi. Ushbu toifa sinf sifatida qabul qilinadi va vcl/dstring.h faylida joylashgan bo‘ladi. AnsiString sinfida satr oxirida null belgi joylashtiriladi. AnsiString toifasidagi e’lon qilingan o‘zgaruvchilar bo‘sh satrlar sifatida ishga tushiriladi. Ushbu toifada e’lon qilingan o‘zgaruvchilar ustida taqqoslash va birlashtirish kabi amallarni bajarish mumkin. Taqqoslash amallari quyidagilar: = =, !=, >, <, >=, <=.
Barcha taqqoslash amallarida katta-kichik harflar farqlanadi. Belgilar kodini taqqoslash birinchi belgidan boshlanadi hamda eng kichik kodli belgini o‘z ichiga olgan satr kichik hisoblanadi. Agar satrdagi barcha belgilar mos keladigan bo‘lsa, lekin qatorlardan biri ko‘p sonli belgilar bilan uzunroq bo‘lsa, unda ushbu uzun satr katta hisoblanadi.
Satrlarni o‘zlashtirish va birlashtirishda quyidagi amallardan foydalaniladi: =, +=, +.
AnsiString toifasidagi satrlarni o‘zlashtirish va birlashtirishda qo‘shimcha ravishda indekslash [] amalidan foydalaniladi. Shuni alohida takidlash lozimki, undagi indekslar 0 dan emas, 1 dan boshlanadi.
Misol:
AnsiString satr = "Toxirov";
AnsiString s = str[5]; // => r
|
| |