|
Panel – loyiha oynasida panelni yaratishda foydalaniladi.
1. PopupMenu
|
bet | 86/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Panel – loyiha oynasida panelni yaratishda foydalaniladi.
1. PopupMenu tugmasidan foydalanish. PopupMenu tugmasi yordamida chiziqli va kontkesli menyular (nusxa olish va qo‘yish kabi vazifalar) yaratishda foydalaniladi.
1-misol. PopupMenu tugmasi yordamida nusxa oluvchi va qo‘yuvchi menyu yaratish.
PopupMenu tugmasi yordamida nusxa oluvchi va qo‘yuvchi menyu yaratish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holda joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan tugma ustiga sichqoncha tugmasini ketma-ket ikki marta bosiladi. Natijada, maydoni paydo bo‘ladi:
3.1.21-rasm.
Form1 oynasining Object Inspectorining PopupMenu qatoridan PopupMenu1 bandi tanlanadi:
3.1.22-rasm.
Undan so‘ng, PopupMenuning ustiga sichqonchani chap tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi va Object Inspectorining Caption qatoriga “Nusxa olish”, “Qo‘yish” jumlalari kiritiladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
|
|
3.1.23-rasm.
|
3.1.24-rasm.
|
Nusxa olishni klaviatura yordamida amalga oshirish uchun Object Inspectorining ShortCut qatoridan Ctrl+C bandi tanlanadi. Nusxa qo‘yish uchun esa ShortCut qatoridan Ctrl+V bandi tanlanadi:
|
|
3.1.25-rasm.
|
3.1.26-rasm.
|
Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
.
3.1.27-rasm.
Ushbu hosil bo‘lgan menyularga dastur kodini kiritish lozim. “Nusxa olish” menyusining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosib, dasturlash maydoniga o‘tiladi va quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
ShowMessage(“Nusxa olish”);
}
3.1.28-rasm.
“Nusxa qo‘yish” menyusining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
ShowMessage(“Qo‘yish”);
}
3.1.29-rasm.
Yuqoridagi ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, ushbu yaratilgan loyihani birinchi marotaba File→Save As, ikkinchi marotaba esa File→Save project As ketma-ketlikni bajarish orqali kompyuter xotirasiga saqlanadi va F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
3.1.30-rasm.
Mazkur oynada “Nusxa olish” menyusi tanlansa, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
3.131-rasm.
Ushbu hosil bo‘lgan oynada OK tugmasi bosiladi.
PopupMenu tugmasi yordamida kontekst menyular yaratishda foydalanish samarali hisoblanadi. Shu bois, biron bir amaliy dasturlar yaratganda, unga konteks menyu yarattish uchun ushbu tugmadan foydalanish tavsiya etiladi.
|
| |