• ToolBar
  • StatusBar
  • StatusBar1
  • SimpleText
  • Panels
  • RichEdit1
  • ApplicationEvents
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet84/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Style = tbsSeparator turli funksional guruhlarning tugmalarini bir-biridan ajratish imkonini beradi. Style = tbsDivider natijasida boshqa turdagi ajratuvchi - vertikal chiziq shaklida paydo bo‘ladi. Ajratuvchini TollBar komponentasining kontekstli menyusidan New Separator buyrug‘ini tanlash orqali ham kiritish mumkin.
    Marked xususiyati joriy tugmani ajratib ko‘rsatadi.
    ToolBar komponentasining umumiy xususiyatlaridan, shuningdek, ButtonHeight va ButtonWidth - tugmalarning piksellardagi balandligi va kengligi hamda Wrapable - tugmalarni panelning keyingi qatoriga avtomatik o‘tkazishni keltirish mumkin. Ushbu ko‘chish loyihalash vaqtida ham, foydalanuvchi panel o‘lchamini o‘zgartirganda ham amalga oshiriladi.
    StatusBar tugmasidan foydalanish. StatusBar tugmasi yordamida loyiha oynasida holat satrini yaratish mumkin. StatusBar tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Win32 komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, StatusBar1 tugmasi hosil qilinadi.
    StatusBar komponentasi Windows uslubidagi holat panelini hosil qiladi. Odatda, bu panel loyiha oynasining pastki qismiga joylashtiriladi.
    SimplePanel xususiyati holat satrida bir yoki bir nechta panellar mavjudligini aniqlaydi. Agar SimplePanel = true tanlangan bo‘lsa, u holda butun holat satri bitta panel hisoblanib, uning matni SimpleText xususiyati bilan o‘rnatiladi. Agar SimplePanel = false o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda holat satri Panels xususiyati tomonidan belgilangan panellar to‘plami hisoblanadi. Bunday holda, SizeGrip xususiyati dastur ishlayotgan vaqtda foydalanuvchi panellarning o‘lchamini o‘zgartirishi mumkinligini belgilaydi.
    Holat satridagi har bir panel TStatusPanels tipidagi obyekt hisoblanadi. Maxsus to‘plam muharriri yordamida panel xususiyatlarini o‘rnatish mumkin. Tahrirlovchini uchta usulda chaqirish mumkin: 1. Obyektlar inspektoridan Panels xususiyati yonidagi tugma orqali; 2. StatusBar komponentasini ikki marta bosish orqali; 3. Kontekst menyusidan Panels Editor buyrug‘ini tanlash orqali. Tahrirlovchi oynasida panellar bo‘ylab harakat qilish, yangilarini qo‘shish yoki mavjudlarini o‘chirish mumkin.
    Har bir panelning asosiy xususiyati Text bo‘lib, unga panelda ko‘rsatilgan matn kiritiladi. U loyihalash jarayonida kiritilishi va keyin ish vaqtida dasturiy jihatdan o‘zgartirilishi ham mumkin. Panelning yana bir muhim xususiyati Width - kenglikdir.
    Alohida panellar satrlariga dastur kodi orqali matn kiritish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: 1. Panellarning indeks xususiyati orqali; 2. Komponentaning indekslangan Items xususiyati orqali. Masalan, quyidagi ikkita operator bir xil natijalarni beradi:
    StatusBar1->Panels[0]->Text = “1-matn”;
    yoki
    StatusBar1->Panels->Items[0]->Text:= ‘1-matn’;
    Ushbu dastur kodlari birinchi panelda “1-matn” satrini chop etadi.
    Holat satridagi panellar sonini Panels xususiyatining Count ichki xususiyatidan aniqlash mumkin. Masalan, quyidagi dastur kodi barcha panellarning matnlarini o‘chiradi:
    for (int i = 0; i <= StatusBar1.Panels.Count - 1; i++)
    StatusBar1->Panels[i]->Text := “”;
    Quyidagi rasmda holat satrini o‘z ichiga olgan RichEdit komponentiga asoslangan matn muharriri misoli ko‘rsatilgan. Uning birinchi panelida kursor joylashgan satr va belgi raqami, ikkinchisida esa oynadagi matn o‘zgartirilgan yoki o‘zgartirilmaganligi ko‘rsatiladi. Uchinchi panelda sichqoncha kursori joylashgan komponentning maqsadi haqida izoh ko‘rsatiladi:

    3.1.18-rasm.
    Bundan holat satrini yaratish uchun RichEdit1 komponentasining OnKeyDown, OnKeyUp, OnMouseDown va OnMouseUp hamda loyiha oynasini OnResize hodisa qayta ishlovchisiga quyidagi dastur kodini kiritish lozim:
    StatusBar1->Panels[0]->Text=IntToStr(
    RichEdit1->CaretPos->Y+1)+":"+
    IntToStr(RichEdit1->CaretPos->X+1);
    if (RichEdit1->Modified) StatusBar1->Panels[1]->Text = "Tahrirlangan";
    else StatusBar1->Panels[1]->Text = "";
    Ushbu operatorlar holat satrining dastlabki ikkita panelini to‘ldiradi. Uchinchi panelda ma’lumotni aks ettirish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish lozim.
    Loyiha oynasiga ApplicationEvents komponentasi joylashtiriladi. Ushbu komponentaning onHint hodisa qayta ishlovchisiga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    StatusBar1->Panels[2]->Text = Application->Hint;
    U uchinchi panelda ilovaning Application->Hint xususiyatini aks ettiradi va sichqoncha kursori joylashgan komponenta izoh (Hint) matni avtomatik ravishda, ushbu xususiyatga o‘tkaziladi.
    Hint xususiyati sichqoncha kursori joylashgan vizual komponenta yoki menyu bo‘limining izoh matnini o‘z ichiga oladi.
    Yuqorida berilganlarning barchasi ishlashi uchun holat satrida tushuntirishlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan komponentlarning Hint xususiyatlariga tegishli izoh matnlarni yozishin talab etiladi. Izohli matn ko‘rinishi uchun joriy komponentalarning ShowHint xususiyatiga true qiymat o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.



    Download 14,73 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.