• Bevel tugmasi Standart
  • ScrollBox1
  • HorzScrollBar va VertScrollBar
  • ToolBar
  • New Button
  • Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel




    Download 14,73 Mb.
    bet82/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel tugmasi yordamida loyiha oynasida uzuk chiziqli, bo‘rtib chiqqan yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi soha hosil qilish uchun foydalaniladi. Bevel tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Bevel1 tugmasi hosil qilinadi. Bevel tugmasi Standart komponentalar palitrasidagi Panel va GroupBox tugmalari singari vazifani bajaradi.
    8. ScrollBox tugmasidan foydalanish. ScrollBox tugmasi loyiha oynasida yurgichli yo‘lakchaga ega bo‘lgan soha hosil qiladi. ScrollBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ScrollBox1 tugmasi hosil qilinadi. ScrollBox tugmasi o‘zida katta maydonni egallaydigan qismlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. ScrollBox tugmasining balandligi va kengligi katta o‘lchamga keltiriladi va unga kerakli tugmalar joylashtiriladi. Bundan so‘ng ScrollBox tugmasi zaruriy o‘lchamgacha kichiklashtiriladi. ScrollBox tugmasining BorderStyle xususiyati orqali chegara uslubini sozlash mumkin. ScrollBoxga joylashtirilgan tugmalar, uning maydonidan katta bo‘lsa, AutoScroll xususiyati yordamida gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalaridan foydalanish mumkin. Gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalarini alohida hosil qilish ham mumkin. Buning uchun HorzScrollBar va VertScrollBar xususiyatlaridan foydalaniladi.
    ToolBar tugmasidan foydalanish. ToolBar tugmasi yordamida loyiha oynasida turli xil uskunalar panelini yaratish uchun foydalaniladi. ToolBar tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Win32 komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ToolBar1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu komponenta asosida qurilgan namunaviy panel quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:

    3.1.17-rasm. ToolBar orqali yaratilgan uskunalar paneli.
    Agar loyiha oynasiga ToolBar komponentasi joylashtirilsa, u oynaning yuqori qismaga joylashadi. Chunki komponentaning Align xususiyatiga alTop qiymati berilgan bo‘ladi. Agar uskunalar panelini loyiha oynasining ixtiyoriy qismiga joylashtirish lozim bo‘lsa, u holda Align = alNone belgilangan bo‘lishi kerak. Bundan so‘ng panelga istalgan shaklni berish va uni istalgan joyga joylashtirish mumkin.
    Uskunalar paneliga komponentalarni qo‘shish odatiy usulda - ularni komponentlar palitrasidan o‘tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin. Lekin tugmalarni kiritish uchun oddiyroq usul ham mavjud. Buning uchun uskunalar paneli ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan New Button ni tanlash lozim. Natijada yana bir tugma - TToolButton tipidagi obyekt panelda paydo bo‘ladi. Ushbu obyekt oddiy tugmalardan farq qiladi. Uning ko‘rinishi va xossalarini Style xususiyati belgilaydi, odatda uning qiymati tbsButton (tugma)ga teng bo‘ladi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel

    Download 14,73 Mb.