• Button1
  • Edit1, Edit2
  • Form1 va Form2
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet90/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    3-misol. Edit1, Edit2 qatorlariga kiritilgan jumla yoki raqamlarni bir vaqtni o‘zidan Button tugmasi yordamida o‘chiruvchi dastur.
    Edit qatorlariga kiritilgan jumla yoki raqamlarni bir vaqtni o‘zidan Button tugmasini bosgan holda o‘chirish uchun Standard komponentalar palitrasining ab piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasida Edit1, Edit2, OK piktogrammasidan Button1 tugmalari hosil qilinadi. Button1 tugmasi belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “Tozalash” jumlasi kiritiladi va Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrifti va o‘lchami o‘zgartiriladi. Shundan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydonida (Button1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    Edit1->Clear();
    Edit2->Clear();
    }

    3.1.49-rasm.
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:





    3.1.50-rasm.

    3.1.51-rasm.

    Hosil bo‘lgan loyiha oynasidagi Edit1, Edit2 qatoriga biron bir jumla yoki raqam kiritilib, Button1 tugmasini, ya’ni, “Tozalash” tugmasini bosish orqali, uni o‘chirish mumkin.
    4-misol. Loyihaga login va parol orqali kirishni ta’minlash dasturi.
    Loyihaga login va parol orqali kirishni ta’minlash uchun Form1 va Form2 oynalari hosil qilinadi. Form1 oynasiga 1 ta Button, 2 ta Edit va 2 ta Label tugmalari joylashtiriladi. Bunda Edit1ga login, Edit2ga parol kiritiladi. Edit2 tugmasining Object Inspectorini PasswordChar qatoridagi “#0” satrini o‘chirib, uning o‘rniga “*” belgisi kiritiladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Tizimga kirish” jumlasi kiritiladi:

    3.1.52-rasm.
    So‘ngra, F12 tugmasini bosish orqali Unit1.cpp dasturlash oynasiga o‘tiladi va uning sarlavha qismiga #include "Unit2.h" dastur kodi kiritiladi:

    3.1.53-rasm.
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    if ((Edit1->Text=="Admin") && (Edit2->Text=="112358"))
    Form2->Show();
    else ShowMessage("Login yoki Parol xato!");
    }
    Natijada, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:

    3.1.54-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.