|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 92/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20237. CheckBox tugmasidan foydalanish. CheckBox tugmasi yordamida amallar bajarish yoki aksincha bajarilgan amallarni bekor qilishda hamda berilgan bir nechta variantlarni bir vaqtning o‘zida belgilashda foydalanish mumkin. CheckBox tugmasidan foydalanish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, CheckBox1 tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa CheckBox2 va hokazo CheckBoxN ko‘rinishda davom etadi.
1-misol. CheckBox tugmasidan foydalanib, berilgan savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlovchi loyiha tayyorlash.
CheckBox tugmasidan foydalanib, berilgan savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlovchi loyiha yaratish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasigaCheckBox1,_CheckBox2,_CheckBox3_va_A'> CheckBox1, CheckBox2, CheckBox3 va A piktogrammasidan Label1, Label1 tugmalari hosil qilinadi. CheckBox1, CheckBox2, CheckBox3 tugmalari har biri alohida belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga mos ravishda “Bit”, “Bayt”, “kBayt” jumlasi kiritiladi. Label1 tugmasining Caption qatoriga “Axborotning eng kichik birligi?” jumlash kiritiladi. Label2 tugmasining Caption qatoriga yozilgan Label2 yozuvi esa o‘chiriladi. Ushbu tugmalarning har biri uchun Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrift va o‘lchami o‘zgartiriladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
3.1.58-rasm.
Ushbu amallar bajarilgandan so‘ng, CheckBox1 tugmasining dasturlash maydoniga (CheckBox1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi (to‘g‘ri javob uchun):
{
if (CheckBox1-Checked==true)
CheckBox2->Checked=false;
CheckBox3->Checked=false;
Label2->Caption=”To‘g‘ri”;
}
3.1.59-rasm.
|
| |