• RadioGroup
  • Label1
  • RadioGroup1
  • RadioGroup ning ItemIndex
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet95/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    RadioButton tugmasining CheckBox tugmasidan farqi shundaki, RadioButton tugmasi yordamida berilgan oynadagi bir nechta variantdan faqat bittasini tanlash imkonini beradi. CheckBox tugmasi yordamida esa berilgan oynadagi bir nechta variantni bir vaqtning o‘zida tanlash imkoniyati mavjud.
    9. RadioGroup tugmasidan foydalanish. RadioGroup tugmasi loyiha oynasiga joylashtirilgan bir nechta tugmalarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lash imkoniyatini yaratadi. RadioGroup tugmasini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi sichqoncha tugmasi yordamida belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, RadioGroup1 tanlash tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa RadioGroup2 va hokazo RadioGroupN ko‘rinishda davom etadi.
    1-misol. RadioGroup tugmasi yordamida berilgan savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlovchi ilova yaratish.
    RadioGroup tugmasi yordamida berilgan savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlovchi ilova yaratish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga RadioGroup1 va A piktogrammasidan Label1 tugmalari hosil qilinadi. RadioGroup1 tugma belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “Axborotning eng kichik birligi?” jumlasi kiritiladi. Label1 tugmasining Caption qatoriga yozilgan Label1 yozuvi o‘chiriladi. Ushbu tugmalarning har biri uchun Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrifti va o‘lchami o‘zgartiriladi:





    3.1.70-rasm.

    3.1.71-rasm.

    Tugmadagi savollarning javob variantlarini hosil qilish uchun RadioGroup1 tugmasining Items qatorini tanlash orqali quyidagi oyna hosil qilinadi. Unga Bit, Bayt, KBayt jumlalari kiritiladi va OK tugmasi bosiladi:





    3.1.72-rasm.

    3.1.73-rasm.

    Ushbu amallar bajarilgandan so‘ng, RadioGroup1 tugmasining dasturlash maydoniga (RadioGroup1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    if (RadioGroup1->ItemIndex==0)
    Label1->Caption=”To‘g‘ri”; else
    Label1->Caption=”Noto‘g‘ri”;
    }
    .
    3.1.74-rasm.
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:





    3.1.75-rasm.

    3.1.76-rasm.

    Hosil bo‘lgan oynada to‘g‘ri javob tanlansa “To‘g‘ri” jumlasi, noto‘g‘ri bo‘lsa “Noto‘g‘ri” jumlasi paydo bo‘ladi. RadioGroupning ItemIndex xususiyatining qiymati qaysi javobga to‘g‘ri kelsa o‘sha javob to‘g‘ri hisoblanadi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.