• Memo2
  • Button1
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet91/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    6. Memo tugmasidan foydalanish. Memo tugmasidan matnlarni va sonlarni bir yoki bir necha satr shaklda chiqarishda foydalanish mumkin. Shuningdek, sodda matn muharrirlari yaratishda ham foydalaniladi. Memo tugmasidan foydalanish uchun Standart komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, Memo1 maydoni hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa Memo2 va hokazo MemoN ko‘rinishda davom etadi.
    1-misol. Memo tugmasidan foydalanib, 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlarni chiqaruvchi dastur tuzish.
    Memo tugmasidan foydalanib, 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlarni chiqaruvchi dastur tuzish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga Memo1 va OK piktogrammasidan Button1 tugmalari hosil qilinadi:

    3.1.55-rasm.
    So‘ngra, Button1 tugmasi belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “Bajarish” jumlasi kiritiladi va Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrift va o‘lchami o‘zgartiriladi. Ushbu amallar bajarilgach, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga (Button1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    int i;
    for (i=1; i<=5; i++)
    Memo1->Lines->Add(IntToStr(i));
    }

    3.1.56-rasm.
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi va “Bajarish” tugmasi bosiladi. Natijada, Memo1 maydonida 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar paydo bo‘ladi:
    .
    3.1.57-rasm.
    Memo tugmasidan ekrandagi bir nechta natijalarni chiqarishda foydalanish samarali hisoblanadi. Shuningdek, matnlarni yozishda va chiqarishda ham foydalanish mumkin.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.