• Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1. Borland C++ Builder
  • Borland C++ Builder
  • GroupBox
  • ScrollBox
  • StatusBar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet99/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    2-misol. ScrollBar tugmasi yordamida loyiha oynasini bo‘yi va enini o‘zgartiruvchi ilova tayyorlash.
    ScrollBar tugmasi yordamida loyiha oynasini bo‘yi va enini o‘zgartirish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasida ScrollBar tugmasi hosil qilinadi. ScrollBar1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    Form1->Width=ScrollBar1->Position*5;
    Form1->Height=ScrollBar1->Position*5;
    }

    3.1.83-rasm.
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasini F9 tugmasi yordamida ishchi holatga keltiriladi:





    3.1.84-rasm.

    3.1.85-rasm.

    Ushbu oynadagi belgini sichqoncha tugmasi yordamida belgilab, surish yordamida loyiha oynasini kattartirish yoki aksinchi kichik holatga keltirish mumkin.
    Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
    1. Borland C++ Builder dasturlash muhitini kompyuterga o‘rnating.
    2. Borland C++ Builder dasturlash muhitini ishga tushiring.
    3. Borland C++ Builder dasturlash muhitining qanday variantlari mavjud?
    4. Borland C++ Builder dasturlash muhitining menyular satri haqida ma’lumot bering.
    5. Borland C++ Builder dasturlash muhitida yangi loyiha fayli hosil qiling.
    6. Borland C++ Builder dasturlash muhitida yaratilgan loyihani kompyuter xotirasiga saqlang.
    7. Object Inspector oynasi haqida ma’lumot bering.
    8. Borland C++ Builder dasturlash muhitining asosiy oynalari haqida ma’lumot bering.
    9. Properties bo‘limi orqali qanday vazifalar bajariladi?
    10. Events bo‘limi orqali qanday amallar bajariladi?
    11. C++ Builder dasturlash muhitida butun va haqiqiy sonli o‘zgaruvchilar qanday e’lon qilinadi?
    12. C++ Builder dasturlash muhitida belgi va satrlar qanday e’lon qilinadi?
    13. C++ Builder dasturlash muhitida butun sonli o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasidan qancha joy egallaydi?
    14. C++ Builder dasturlash muhitida haqiqiy sonli o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasidan qancha joy egallaydi?
    15. C++ Builder dasturlash muhitida belgili o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasidan qancha joy egallaydi?
    16. a, b, c nomli butun sonli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun dastur kodi yozing.
    17. x, y, z nomli haqiqiy sonli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun dastur kodi yozing.
    18. Boshlang‘ich qiymati 100 ga teng bo‘lgan butun sonli o‘zgaruvchi e’lon qiling.
    19. Boshlang‘ich qiymati 7,1 ga teng bo‘lgan haqiqiy sonli o‘zgaruvchi e’lon qiling.
    20. Quyidagi dastur kodlari natijasini aniqlang:
    a) double x = 4.2, y = 3; int z = x * y;
    b) double x=2.7, y=5.6; int z=x*y;
    c) double a=2.7, b=5.6; int z=a+b;
    d) int k =4, h=5; double x = k /h;
    e) double n=400, m=250; short z=m*n;
    21. GroupBox komponentasi nima vazifa bajaradi?
    22. Loyiha oynasida GroupBox komponentasidan foydalanib, bir nechta tugmalarni guruhlang.
    23. MainMenu komponentasi nima vazifa bajaradi?
    24. Loyiha oynasida MainMenu komponentasidan foydalanib, Блокнот dasturining menyular satrini hosil qiling.
    25. Loyiha oynasida MainMenu komponentasidan foydalanib, Калькулятор dasturining menyular satrini hosil qiling.
    26. ScrollBox komponentasi loyiha oynasida nima vazifa bajaradi?
    27. C++ Builder loyiha oynasida uskunalar panelini hosil qilish qaysi komponenta yordamida amalga oshiriladi?
    28. ToolBar komponentasidan foydalanib, loyiha oynasida C++ Builderning Standart palitrasi kabi uskunalar panelini hosil qiling.
    29. C++ Builderning StatusBar komponentasidan nima maqsadda foydalaniladi?
    30. Loyiha oynasida StatusBar komponentasidan foydalanib, soda matn muharriri holat satrini hosil qiling.
    31.Standart komponentalar palitrasidagi tugmalarni loyiha oynasiga joylashtiring.
    32. Button tugmasidan foydalanib, 10 ta loyiha oynasi bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qiling.
    33. MainMenu tugmasi yordamida 5 ta loyiha oynasi bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qiling.
    34. Loyiha oynasida 2 ta Edit, 1 ta ComboBox, 1 ta Memo, 1ta Button tugmalarini hosil qiling.
    35. Loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkazilganda Edit qatoridagi yozuvchi Button tugmasi yordamida o‘chiruvchi ilova tayyorlang.
    36. Loyiha oynasi ishchi holatga o‘tganda Memo tugmasidagi yozuvni o‘chiruvchi ilova tayyorlang.
    37. Edit1 qatoriga kiritilgan sonni Memo1 maydoniga chiqaruvchi loyiha tayyorlang.
    38. ListBox tugmasidan foydalanib, viloyatlar nomlari ro‘yxatini hosil qiluvchi ilova tayyorlang..
    39. ComboBox tugmasi ro‘yxatidan tanlangan elementni Label tugmasida hosil qiluvchi loyiha tayyorlang.
    40. Mustaqil ravishda sodda amaliy dastur tayyorlang.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.