• ListBox
  • ScrollBar
  • Standard
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet98/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    ListBox va ComboBox tugmalarining asosiy xususiyatlari, usullari va hodisalari deyarli bir xil. Asosiy farq shundaki, ListBox MultiSelect xususiyatiga ega bo‘lib, bu foydalanuvchiga ro‘yxatdan bir nechta qiymatlarni tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyat odatda faol bo‘lmagan holatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari vizual jihatdan qaralsa ListBox ro‘yxat elementlarini tashkil etadi. ComboBoxda esa ro‘yxat elementlari bilan birga tahrirlash darchasi ham mavjud.
    12. ScrollBar tugmasidan foydalanish. ScrollBar tugmasi yordamida biron-bir parametr qiymatini berilgan interval oralig‘ida harakatlantirishni hamda gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalarini hosil qilishda foydalaniladi. ScrollBar tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi sichqoncha tugmasi yordamida belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, ScrollBar1 tugmasi hosil qilinadi.
    1-misol. ScrollBar tugmasi yordamida loyiha oynasida 1 da 100 gacha sonlarni o‘sishini yoki kamayishini ko‘rsatuvchi ilova tayyorlash.
    Loyiha oynasida 1 da 100 gacha sonlarni o‘sishini yoki kamayishini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga ScrollBar va A piktogrammasidan Label1 tugmalari hosil qilinadi. Label1 tugmasi belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoridan Label1 yozuvi o‘rniga “0” soni kiritiladi va ScrollBar1 tugmasining dasturlash maydoniga (ScrollBar1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Label1->Caption=IntToStr(ScrollBar1->Position);

    3.1.81-rasm.
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:

    3.1.82-rasm.
    Hosil bo‘lgan oynadagi belgini sichqoncha tugmasi yordamida belgilab, surish yordamida 1 dan 100 gacha sonlarni o‘sishini yoki kamayishini hosil qilish mumkin.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.