|
ComboBox tugmasi yordamida sonli qiymatlarni ro‘yxatini hosil qilib, ular ustida arifmetik amallar bajarishda foydalanish mumkin.
11
|
bet | 97/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023ComboBox tugmasi yordamida sonli qiymatlarni ro‘yxatini hosil qilib, ular ustida arifmetik amallar bajarishda foydalanish mumkin.
11. ListBox tugmasidan foydalanish. ListBox tugmasi yordamida ham ComboBox tugmasi kabi loyiha oynasida bir nechta satrlar ro‘yxatini tuzish mumkin. ListBox tugmasini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi sichqoncha tugmasi yordamida belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, ListBox1 tanlash tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa ListBox2 va hokazo ListBoxN ko‘rinishda davom etadi.
1-misol. Yuqoridagi masalani ListBox tugmasi yordamida bajarish. Ya’ni, ListBox satriga kiritigan so‘z yoki sonli qiymatlarni Button tugmasi yordamida ro‘yxatini chiqaruvchi ilova.
ListBox satriga kiritigan so‘z yoki sonli qiymatlarni Button tugmasi yordamida loyiha oynasida ro‘yxatini chiqaruvchi ilova yaratish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga ListBox1, OK piktogrammasidan Button1 va ab piktogrammasidan Edit1 tugmalari hosil qilinadi. Button1 tugma belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “O‘tkazish” jumlasi kiritiladi va tugmani Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrifti va o‘lchami o‘zgartiriladi. So‘ngra, ListBox1 tugmasining dasturlash maydoniga (ListBox1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
ListBox1->Clear();
Button1 tugmasining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
ListBox1->Items->Add(Edit1->Text);
Edit1->SetFocus();
Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:
|
|
3.1.79-rasm.
|
3.1.80-rasm.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
ComboBox tugmasi yordamida sonli qiymatlarni ro‘yxatini hosil qilib, ular ustida arifmetik amallar bajarishda foydalanish mumkin.
11
|