|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 94/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023RadioButton tugmasidan foydalanib, berilgan savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlovchi ilova yaratish uchun Standard komponentalar palitrasining piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga RadioButton1, RadioButton2, RadioButton3 tugmalarini va A piktogrammasidan Label1, Label2 tugmasi hosil qilinadi. RadioButton1, RadioButton2, RadioButton3 tugmalari alohida belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga mos ravishda “Lotincha”, “Inglizcha”, “Yunoncha” jumlasi kiritiladi. Label1 tugmasining Caption qatoriga “Kompyuter so‘zi qaysi tildan olingan?” jumlash kiritiladi. Label2 tugmasining Caption qatoriga yozilgan Label2 yozuvi esa o‘chiriladi. Ushbu tugmalarning har biri uchun Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrift va o‘lchami o‘zgartiriladi. Natijada, quydagi oyna hosil bo‘ladi:
3.1.64-rasm.
Ushbu amallar bajarilgandan so‘ng, RadioButton1 tugmasining dasturlash maydoniga (RadioButton1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi (noto‘g‘ri javob uchun):
{
RadioButton1->Checked=true;
Label2->Caption=”Noto‘g‘ri”;
}
3.1.65-rasm.
RadioButton2 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi (to‘g‘ri javob uchun):
{
RadioButton2->Checked=true;
Label2->Caption=”To‘g‘ri”;
}
3.1.66-rasm.
RadioButton3 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi (noto‘g‘ri javob uchun):
{
RadioButton3->Checked=true;
Label2->Caption=”Noto‘g‘ri”;
}
3.1.67-rasm.
Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi:
|
|
3.1.68-rasm.
|
3.1.69-rasm.
|
|
| |