|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 89/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20231-misol. Edit1 qatoriga kiritilgan sonni Button1 tugmasi yordamida Edit2 qatoriga chiqaruvchi dastur.
Edit1 qatoriga kiritilgan sonni Button1 tugmasi yordamida Edit2 qatoriga chiqarish uchun Standard komponentalar palitrasining ab piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasiga Edit1, Edit2 tugmalarni, OK piktogrammasidan esa Button1 tugmasi hosil qilinadi:
3.1.43-rasm.
Hosil qilingan Button1 tugmasi belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “Bajarish” jumlasi kiritiladi va Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrifti va o‘lchami o‘zgartiriladi. Ushbu amallar bajarilgandan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga (Button1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
Edit2->Text=Edit1->Text;
}
3.1.44-rasm.
Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi va Edit1 qatoriga birorta son kiritiladi. Masalan, 123 soni kiritilib, “Bajarish” tugmasi bosiladi. Natijada, Edit2 qatorida 123 soni paydo bo‘ladi:
3.1.45-rasm.
2-misol. Edit1 qatoriga kiritilgan sonni Button1 tugmasi yordamida Label1 tugmasiga chiqaruvchi dastur.
Edit1 qatoriga kiritilgan sonni Button1 tugmasi yordamida Label1 tugmasiga chiqarish uchun Standard komponentalar palitrasida ab piktogrammasidan foydalangan holda loyiha oynasida Edit1, A piktogrammasidan Label1 va OK piktogrammasida Button1 tugmalari hosil qilinadi:
3.1.46-rasm.
Hosil qilingan Button1 tugmasi belgilanib, Object Inspectorining Caption qatoriga “Bajarish” jumlasi kiritiladi va Font qatorining TFont bandidan kiritilgan jumlani shrift va o‘lchami o‘zgartiriladi. Text qatoridan Label1 yozuvi o‘chiriladi. Ushbu amallar bajarilgandan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga (Button1 tugmasining ustiga sichqoncha tugmasi tez-tez ikki marta bosiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
Label1->Caption=Edit1->Text;
}
3.1.47-rasm.
Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga keltiriladi va Edit1 qatoriga 1234 qiymat kiritilib, “Bajarish” tugmasi bosiladi. Natijada, Label1 qatorida 1234 satri paydo bo‘ladi:
3.1.48-rasm.
Loyiha oynasida bir nechta Button tugmalarni joylashtirib, ularning har birida amallarni ham bajarish imkoniyati mavjud.
|
| |