• Label1
  • Object Inspector ining Font
  • Label tugmasidan foydalanish. Label




    Download 14,73 Mb.
    bet87/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    3. Label tugmasidan foydalanish. Label tugmasidan foydalanib, loyiha oynasida biron- bir yozuvlarni, xabarlarni, sarlovha so‘zlarni va natijalarni chiqarishni hamda hisoblash ishlarini bajarishda foydalaniladi. Label tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Standart komponentalar palitrasidan A piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tugma qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Label1 tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa Label 2 va hokazo LabelN ko‘rinishda davom etadi.
    1-misol. Label tugmasidan foydalanib, loyiha oynasida “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat!” nomli jumlani chiqarish.
    Label tugmasidan foydalanib, loyiha oynasida “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat!” nomli jumlani chiqarish uchun Standart komponentalar palitrasidan A piktogramma belgilanadi va loyiha oynasi ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holda qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi:

    3.1.32-rasm.
    Natijada, Label1 tugmasi hosil bo‘ladi, tugmaning Object Inspectorining Caption qatoriga Label1 so‘zini o‘chirib “Chiqarish” jumlasi kiritiladi:

    3.1.33-rasm.
    Object Inspectorining Alignment qatori matnni tekislash usulini belgilaydi. Shrift o‘lchami avtomatik tarzda sohaning maksimal to‘ldirilishiga mos kelishi uchun AutoSize qatoridan true bandi tanlanadi. Soha ichida matnning barchasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lish uchun WordWrap qatoridan true bandi tanlanadi. Agar Transparent qatoridan true bandi tanlansa, boshqa tugmalarning bir qismini to‘g‘ri, uning ustida joylashtirilgan nom orasidan ko‘rinib turadigan qilish mumkin.
    “Chiqarish” jumlasini tahrirlash uchun (rangini, o‘lchamini, shrift) Object Inspectorining Font qatorini TFont bandi tanlanadi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

    3.1.34-rasm.
    Hosil bo‘lgan oynadan lozim bo‘lgan o‘lcham va shrift tanlanib, OK tugmasini bosish orqali quyidagi oyna hosil qilinadi:

    3.1.35-rasm.
    “Chiqarish” nomli yozuvga buyruq kiritish uchun, uning ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosgan holda dasturlash maydoniga o‘tilib, quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    Label1->Caption="O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat!";
    }

    3.1.36-rasm.
    Ushbu dastur kodi kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasini bosish orqali loyiha oynasi faollashtiriladi. Natijada, loyiha oynasida “Chiqarish” jumlasi paydo bo‘ladi. Ushbu jumla ustiga sichqoncha tugmasi bir marta bosilsa loyiha oynasida “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat!” jumlasi paydo bo‘ladi:





    3.1.37-rasm.

    3.1.38-rasm.

    Label tugmasi yordamida loyiha oynasiga lozim bo‘lgan jumlalarni yozish bilan birga hisoblash natijalarini chiqarishda ham foydalanish mumkin. Buni keying mavzularda ko‘rib o‘tamiz.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Label tugmasidan foydalanish. Label

    Download 14,73 Mb.