• MenuItem
  • Style
  • TbsDropDown
  • ToolBar komponentasiga turli tasvirlarni ImageIndex




    Download 14,73 Mb.
    bet83/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    ToolBar komponentasiga turli tasvirlarni ImageIndex xossasi orqali joylashtirish mumkin. Bu tashqi ImageList (Win32 palitrasi) komponentasida saqlangan tasvirning indeksini belgilaydi. ToolBar komponentining tasvirlarini Images, DisabledImages (mavjud bo‘lmagan holatda tugma tasvirlari ro‘yxatini ko‘rsatish) va HotImages (sichqoncha kursori, ular ustida harakat qilganda tugma tasvirlari ro‘yxatini ko‘rsatish) kabi xususiyatlari bilan belgilash mumkin.
    MenuItem xususiyati asosiy yoki kontekst menyusining, ushbu tugma orqali takrorlanadigan bo‘limini o‘rnatish imkonini beradi. Bu xususiyatni o‘rnatishda tegishli menyu bo‘limida rasm o‘rnatilgan bo‘lsa va izoh matni (Hint xususiyati) o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda tugmada bir xil tasvir paydo bo‘ladi hamda tugmaning Hint xususiyatida xuddi shu izoh matn paydo bo‘ladi. Enabled va Visible xususiyatlarning qiymatlari ham menyu bo‘limidan joriy tugmaga o‘tkaziladi. Shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, bularning barchasi faqat MenuItem xususiyatini o‘rnatish vaqtida tugmaga o‘tkaziladi. Agar keyingi dizayn jarayonida menyu bo‘limining tegishli xususiyatlari o‘zgartirilsa, bu tugmaning xususiyatlariga ta’sir qilmaydi. Ammo agar MenuItem qiymatini o‘chirilib va keyin qayta o‘rnatilsa, menyu bo‘limi xususiyatlarining yangi qiymatlari tugmaga o‘rnatiladi.
    Agar Wrap xususiyatiga true qiymat o‘rnatilgan bo‘lsa, paneldagi tugmalar qatori, bu joriy tugmadan so‘ng uzilib qoladi va keyingi tugmalar yangi qatordan joylashtiriladi.
    Uskunalar panelidagi tugma uslubini belgilovchi Style xususiyatining quyidagi qiymatlari mavjud. Style = tbsCheck foydalanuvchi tugmani bosgandan keyin u bosilgan holatda qolishini bildiradi. Tugmani qayta bosish faol bo‘lmagan holatiga qaytaradi.
    Style = tbsDropDown ochiladigan ro‘yxat ko‘rinishidagi tugma hosil qiladi. Ushbu uslub ochiladigan menyuni yaratish uchun foydalidir. Menyuning bosh qismini MenuItem xususiyati kabi tugma uchun o‘rnatilgan bo‘lsa, ochiladigan menyuning bo‘limlari avtomatik ravishda ro‘yxatda paydo bo‘ladi. Yuqoridagi 4.17-rasmda TbsDropDown uslubida chapdan to‘rtinchi tugma mavjud.
    Agar Style = tbsDropDown qiymati tanlangan bo‘lsa, MenuItem xossasi o‘rniga ochiladigan ro‘yxatda ko‘rsatiladigan kontekstli menyu (PopupMenu)ni belgilovchi DropDownMenu xususiyatidan foydalanish mumkin.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ToolBar komponentasiga turli tasvirlarni ImageIndex

    Download 14,73 Mb.