• Save, Save As…, Save All
  • Delete
  • Window List
  • 6. Run buyruqlari guruhi.
  • Tools buyruqlari guruhi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet71/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Menyular satri
    C++ Builder dasturlash muhitining menyulari ko‘rinishi odatdagi Office dasturlariniki singari sarlavha satridan keyin joylashgan. C++ Builder dasturlash muhitining menyusi quyidagi bo‘limlardan iborat:

    3.1.2-rasm.
    1. File menyusi. File menyusidan foydalanib, yangi loyiha oynasini hosil qilish (New), mavjud yaratilgan loyihalarni ochish (Open, Open Project…), kompyuter xotirasiga saqlash (Save, Save As…, Save All), yopish (close, Close All), ilova dastur kodi matnini chop etish (Print) vazifalarini bajaradi.
    2. Edit buyruqlari guruhi. Menyuning ushbu bandida tahrir qilish uchun zarur bo‘lgan buyruqlar mujassamlashgan. Ya’ni, inkor qilish (Undelete) va (Redo) takrorlash, yozilgan jumla yoki dastur kodlarni qirqib olish (Cut), ulardan nusxa olish (Copy), nusxa olingan jumla yoki dastur kodlarni qo‘yish (Paste) va o‘chirish (Delete) kabi amallarni bajarishda foydalaniladi.
    3. Search buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda fayllardagi biror matnni izlash va avtomatik almashtirish, kerakli satrga o‘tish va uni o‘zgartishda foydalaniladi.
    4. View buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘lim ilova va komponentalarni boshqarishni asosiy ilova menedjeri (Project Manager), komponentlar ro‘yxati (Component List) va oynalar ro‘yxati (Window List), muloqot oynalarini yuklaydi.
    5. Project buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda loyihani boshqarish buyruqlari mujassamlashgan. Bu buyruqlar yordamida loyihalarni birlashtirish, kompilyatsiya qilish, loyiha sozlamalari va shunga o‘xshash amallarni bajarish mumkin.
    6. Run buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda ilovani ishga tushirish va bekor qilish, ilovani butunlay va qadamma-qadam rejimda ishga tushirish, ilova bajarilishini to‘xtatish mumkin.
    7. Component buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda yangi komponentalarni qo‘shish va sozlamalarni boshqarish ishlari bajariladi.
    8. Database buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan buyruqlar tarkibi mujassamlashgan.
    9. Tools buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda dastur parametrlarini o‘rnatish va yordamchi dasturlarni chaqirishda foydalaniladi.
    10. Windows buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda interfeysning oynalarini boshqarish imkoniyati mavjud.
    11. Help buyruqlari guruhi. Ushbu bo‘limda foydalanuvchi uchun dasturni boshqarish, loyiha oynalarini yaratishda zaruriy ma’lumotlar va tavsiyalar joylashtirilgan.
    Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo‘shish, ba’zilari olib tashlash mumkin.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.