|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 69/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Massivlarni qayta ishlash. Matritsalar ustida bajariladigan asosiy amallarni ko‘rib chiqamiz.
Matritsalar ham massivlar kabi element bo‘yicha kiritib chiqariladi.
2.4.3-rasm.
Matritsa elementlarini kiritib chiqarish uchun quyidagi dastur kodi kiritiladi:
#include
using namespace std ;
int main()
{ int i , j ,N,M, a [ 20] [20] ;
cout<<"N=" ; cin>>N; // Satrlar sonini kiritish
cout<<"M=" ;
cin>>M; // Ustunlar sonini kiritish
cout<<"A matritsa elementlarini kiriting"<
for ( i =0;i
for ( j =0;j
cin>>a [ i ] [ j ] ; //Matritsa elementlarini ketma-ket kiritish
cout<<"A matritsa elementlarini chiqarish"<
for ( i =0;i
{ for ( j =0;j
cout<
cout<
}
}
Matritsa elementlarini jadval shaklida chiqarish uchun quyidagi dastur kodidan ham foydalanish mumkin:
for ( i =0;i
for ( j =0;j
cout<
Matritsa elementlarini bir satrda probel bilan yoki tabulyatsiya belgisi bilan yoki Enter tugmasi orqali kiritish mumkin. Quyida keltirilgan masalaning dastur natijasi berilgan:
N=2
M=3
A matritsa elementlarini kiriting
1 2 3 4 5 6
A matritsa elementlarini chiqarish
1 2 3
4 5 6
C++ dasturlash tilida matritsalarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy masalalarni ko‘rib chiqamiz. Bundan oldin matritsaning quyidagi asosiy xususiyatlarini eslab o‘tamiz (2.4.4-rasm):
agar satr tartib raqami bilan ustun tartib raqami teng bo‘lsa (i = j), bu element bosh diagonalda yotishini anglatadi;
agar satr tartib raqami ustun tartib raqamidan kata bo‘lsa (i > j), bu element bosh diagonaldan pastda yotishini anglatadi;
agar ustun tartib raqami satr tartib raqamidan kata bo‘lsa (i < j), bu element bosh diagonaldan yuqorida yotishini anglatadi;
agar matritsaning indekslari quyidagi tenglikni qanoatlantirsa i + j = n – 1, element qo‘shimcha diagonalda yotadi;
agar i + j < n − 1 tenglik bajarilsa, qo‘shimcha diagonaldan yuqorida joylashgan elementlar uchun taalluqli hisoblanadi;
element qo‘shimcha diagonaldan pastda joylashishi uchun i + j > n – 1 tenglik bajarilishi kerak:
2.4.4-rasm. Matritsaning asosiy xususiyatlari.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni tekshirib ko‘rish uchun C++ dasturlash tilida funksiyalarga doir bir nechta dasturlarni ko‘rib o‘tamiz.
|
| |