O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




Download 14,73 Mb.
bet64/178
Sana13.05.2024
Hajmi14,73 Mb.
#230019
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   178
Bog'liq
Darslik 01.05.2023

for takrorlash operatori. for operatori takrorlanishlar soni aniq bo‘lgan jarayonlarni hisoblashda foydalaniladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
for (boshlang‘ich_o‘zlashtirish; shart; qadam) operatorlar;
Bu yerda, boshlang‘ich_o‘zlashtirish – bu vergul bilan ajratilgan operator yoki operatorlar guruhi bo‘lib, siklda ishlatiladigan qiymatlarga boshlang‘ich qiymatlarni, shu jumladan sikl parametrini belgilash uchun ishlatiladi va sikl boshida bir marta bajariladi. shart – bu siklga kirish shartini belgilaydigan butun yoki mantiqiy ifoda, agar shart rost bo‘lsa (nolga teng bo‘lmasa), u holda sikl bajariladi. qadam – bu operator yoki vergul bilan ajratilgan operatorlar guruhi bo‘lib, ular har bir takrorlanishdan keyin bajariladi va sikl parametrini o‘zgartirishga xizmat qiladi. operator – bu siklning tanasi bo‘lgan har qanday C++ dasturlash tili operatori.
For takrorlanish operatorining blok-sxemasi 2.3.1-rasmda keltirilgan.

2.3.3-rasm. For takrorlash operatori blok sxemasi.
Bunda qadam yoki operator natijasi shartga ta’sir qilishi kerak, aks holda sikl tugamaydi. Masalan:
for(int i=n1; i<=n2; i++) m;
Bu yerda i sikl parametri, n1, n2 esa i parametrining boshlang‘ich va oxirgi qiymati hisoblanadi (bunda n1<=n2 bo‘lishi shart). Ular o‘zgarmas son yoki ifoda bo‘lishi mumkin. Bunda m sikl tanasi bo‘lib, bir nechta operatorlardan iborat. Agar sikl tanasi bir necha operatordan iborat bo‘lsa, ular {…} ichiga olinadi.
Agar for(int i=n1; i<=n2; i--) ko‘rinishda berilsa, sikl parametri teskari bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni -1 qadam bilan (bu yerda n1>=n2 bo‘lishi shart). U holda sikl quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: for(int i=n1; i>=n2; i--) m;
for operatori tarkibidagi boshlang‘ich_o‘zlashtirish, shart yoki qadam ni tushirib qoldirish ham mumkin, ammo nuqta-vergul joyida qolishi kerak. Masalan, eng sodda ko‘rinishdagi takrorlash operatori quyidagi ko‘rinishga ega:
for ( ; ; ) cout <<”Cheksiz takrorlash…” ;
Agar takrorlanish jarayonida bir nechta o‘zgaruvchilarning qiymati bir vaqtda o‘zgarishi talab etilsa, bunda boshlang‘ich_o‘zlashtirish va qadam ifodalarida bir nechta operatorlarni vergul bilan yozish orqali amalga oshirish mumkin:
for (int i=1, j=10; i<=10; i++, j--)
{

};
Yuqoridagi takrorlanish operatorining har bir qadamida i va j o‘zgaruvchilarning qiymatlari mos ravishda o‘zgarib boradi.

Download 14,73 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   178




Download 14,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

Download 14,73 Mb.