|
II BOB. C++ DASTURLASH TILI
2.1-§. C++ dasturlash tili bilan tanishish
|
bet | 51/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023
C++ dasturlash tiliga kirish. C++ dasturlash tili 1980-yilning boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tiliga asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, uning kutubxonasida turli funksiyalar mavjud. Ushbu tilni o‘rganish ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismda C++ dasturlash tilini o‘rganish, ikkinchisi esa C++ dasturlash tilining standart kutubxonasidagi tayyor obyekt va funksiyalarni qo‘llashni o‘rganishga asoslangan.
Dastlab, mazkur mavzuda C++ dasturlash tili imkoniyatlarini Dev-C++ muhitidan foydalanib, misol va masalalarni dasturlashni ko‘rib chiqamiz. Dev-C++ – bu C / C ++ dasturlash tillari asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish muhiti hisoblanadi. Dev-C ++ dasturi Bloodshed Software firmasi xodimi Colin Laplace tomonidan yaratilgan va shundan so‘ng, Windows operatsion tizimiga moslashtirilgan versiyalari ishlab chiqarila boshlagan.
Hozirda Embarcadero firmasi tomonidan, Embarcadero Dev-C ++ shaklida ishlab chiqarish davom etmoqda. Embarcadero Dev-C ++ – bu Bloodshed Dev-C ++ dasturlash tilining yangi va takomillashtirilgan versiyalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda, ushbu tilning ko‘plab versiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur mavzuda Dev C++ muhitining 5.11-versiyasi va unda misol va masalalarni dasturlashni ko‘rib chiqamiz. Ushbu dasturni ishga tushirish uchun quyidagi: Пуск – Все программы – Bloodshed Dev-C++ – Dev-C++ . So‘ngra, File – New – Source File (Ctrl+N) ketma-ketlik tanlanadi. Shu bilan birga, Windowsning ishchi maydonidagi yorliq orqali ham uni ishga tushirish mumkin. Yuqrida qayd etilgan ketma-ketlik asosida Dev C++ muhitining 5.11- versiyasi ishga tushirilgandan so‘ng, dastur oynasi quyidagicha namoyon bo‘ladi:
2.1.1-rasm.
Ushbu oynaning Untitled1 maydoniga dastur kodi kiritiladi va F9- tugmasidan foydalanib, dastur kodi kompilyatsiya qilinadi. F11- tugmasi yordamida esa bir vaqtda kompilyatsiya qilinadi va ishga tushirib, natija olinadi. Agar dastur kodida xatolik aniqlansa, xatolik topilgan qator ajratilib ko‘rsatiladi.
|
| |