• Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
  • Object Inspector
  • Image
  • StringGrid
  • ColorBox
  • Standart komponentalar palitrasidan Edit1




    Download 14,73 Mb.
    bet50/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Standart komponentalar palitrasidan Edit1, Edit2, Edit3, Button1, Button2, Button3 tugmalari hosil qilinadi va Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi:
    const pi=3.14;
    var
    S,R,L:real;
    begin
    R:=strtofloat(edit1.text);
    L:=strtofloat(edit2.text);
    S:=R*pi*L;
    showmessage(‘Konus yon sirti S=‘+floattostr(S)+’ ga teng‘);
    end;
    Button2 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi:
    const pi=3.14;
    var S,R,L:real;
    begin
    R:=strtofloat(edit1.text);
    L:=strtofloat(edit2.text);
    S:=R*pi*(R+L);
    showmessage(‘Konus to‘la sirti S=‘+floattostr(S)+’ ga teng‘);
    end;
    Button3 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi:
    const pi=3.14;
    var H,V,R,L:real;
    begin
    R:=strtofloat(edit1.text);
    L:=strtofloat(edit2.text);
    H:=strtofloat(edit3.text);
    V:=(1/3)*R*R*pi*H;
    showmessage(‘Konus Hajmi V=‘+floattostr(V)+’ ga teng‘);
    end;
    dastur kodlari kiritiladi.



    1.4.62-rasm.


    Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
    1. Delphi dasturlash muhitini kompyuterga o‘rnating.
    2. Delphi dasturlash muhitini ishga tushiring.
    3. Delphi dasturlash muhitining qanday variantlari mavjud?
    4. Delphi dasturlash muhitining menyular satri haqida ma’lumot bering.
    5. Delphi dasturlash muhitida yangi loyiha fayli hosil qiling.
    6. Delphi dasturlash muhitida yaratilgan loyihani kompyuter xotirasiga saqlang.
    7. Object Inspector oynasi haqida ma’lumot bering.
    8. Delphi dasturlash muhitining asosiy oynalari haqida ma’lumot bering.
    9. Properties bo‘limi orqali qanday vazifalar bajariladi?
    10. Events bo‘limi orqali qanday amallar bajariladi?
    11. SpeedButton tugmasining Kind xususiyatidan foydalanib, belgili tugma hosil qiling.
    12. MaskEdit tugmasi orqali !99/99/0000;1; formatli vaqtni kiritadigan loyiha tayyorlang.
    13. Image tugmasi yordamida loyiha oynasiga rasm joylashtiring.
    14. Shape tugmasi orqali tomonlari berilgan A va B sonlariga teng bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak tasvirini hosil qiling.
    15. BitBtn tugmasi yordamida StringGrid1 jadvaliga kiritilgan qiymatlarni StringGrid2 jadvalida hosil qiluvchi loyiha tayyorlang.
    16. SpeedButton tugmasi orqali StringGrid jadvalining ustun va satrlari sonini Edit1 va Edit2 tugmalari yordamida hosil qiluvchi loyiha tayyorlang.
    17. Loyiha oynasida CheckListBox tugmasidan foydalanib, belgilovchi ro‘yxat hosil qiling.
    18. ValueListEditor tugmasidan foydalanib, loyiha oynasida biror bir adabiyotning nomi, muallifi, nashr yili haqida ma’lumot beruvchi jadval hosil qiling.
    19. LabeledEdit1 tugmasidan foydalanib, berilgan B gradus o‘lchov birligini radian o‘lchov birligida ifodalovchi loyiha tayyorlang.
    20. Delphi dasturlash muhiti alifbosi haqida ma’lumot bering.
    21. Modul tushunchasi haqida ma’lumot bering.
    22. Loyiha oynasining qanday xususiyatlari mavjud?
    23. Modullar qanday bo‘limlardan tashkil topgan bo‘ladi?
    24. Uses xizmatchi so‘zi nima vazifa bajaradi?
    25. Loyiha oynasining kengligini 500 o‘lchamga keltirish uchun dastur kodi yozing.
    26. Loyiha oynasining balandligini 400 o‘lchamga keltirish uchun dastur kodi yozing.
    27. Loyiha oynasi sarlavhasida “Dasturlashni o‘rganamiz” satrini hosil qilish uchun dastur kodi yozing.
    28. Loyiha oynasi yashil rangda bo‘lishi uchun dastur kodi yozing.
    29. Loyiha oynasining chap va yuqori qismi chegaralari mos ravishda 200 va 250 ga teng bo‘lishi uchun dastur kodi yozing.
    30. ColorBox tugmasidan foydalanib, Shape tugmasining fon rangini o‘zgartiruvchi loyiha tayyorlang.
    31. Koordinatalar tekisligida ikkita nuqta orasidagi masofani aniqlovchi dastur tuzing.
    32. To‘rtta son berilgan. Shu sonlarning o‘rta arifmetigi va o‘rta geometrigini hisoblovchi dastur tuzing.
    33. Uchburchakning a,b,c tomonlari berilgan. Shu ucburchakka ichki chizilgan aylanani radiusini hisoblovchi dastur tuzing:
    ,
    bunda r – uchburchakning yarim perimetri.
    34. Uchburchakning berilgan uchta burchaklari va tomoni orqali, uning yuzini hisoblash dasturini tuzing:
    .
    35. Rombning tomoni va o‘tkir burchagi berilgan, uning yuzasini hisoblash dasturini tuzing: , bunda a – rombning tomoni, -esa o‘tkir burchagi.
    36. Arifmetik progressiyaning birinchi hadi va ayirmasi berilgan. Uning 30-chi hadi va dastlabki 40 ta hadining yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
    37. Kesmaning koordinatalari berilgan. Shu kesmani o‘rtasining koordinatalarini hisoblash dasturini tuzing.
    38. 1 dan m gacha natural sonlar berilgan. Shu sonlarning arifmetik progressiya yordamida yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
    Quyidagi misollarni hisoblash dasturini tuzing:
    39. .
    40. .
    41. .
    42. .
    43. .
    44. .
    45. .

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standart komponentalar palitrasidan Edit1

    Download 14,73 Mb.