• ColorBox1
  • 1-misol.
  • Form1
  • Width
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet45/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    16. ColorBox tugmasidan foydalanish. ColorBox tugmasi loyiha oynasida ranglar ro‘yxatini hosil qiladi. ColorBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ColorBox1 tugmasi hosil qilinadi.
    Ro‘yxatdagi ranglar to‘plami Style xususiyati orqali sozlanadi. Ro‘yxatdan tanlangan rang Selected xususiyatida namoyon bo‘ladi. Color xususiyati mavjud bo‘lgan barcha tugmalarga ColorBox tugmasini bog‘lash mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi yoziladi:
    Komponenta_nomi.Color := ColorBoxn.Selected;
    1-misol. Loyiha oynasi rangini ColorBox tugmasi yordamida o‘zgartirish.
    Loyiha oynasi rangini ColorBox tugmasi yordamida o‘zgartirish uchun, unga Additional komponentalar palitrasidan ColorBox tugmasi joylashtiriladi va uning dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    begin
    Form1.Color := ColorBox1.Selected;
    end;
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:

    1.4.49-rasm.


    Delphi dasturining strukturasi. Loyiha va modul


    Ilova oynasining asosiy xossalari, bu uni kompyuter ekraniga mos o‘lchamlarni tanlashdan iborat. Xossalarni Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida o‘zgartirish mumkin. Shu bilan birga, Object Inspector oynasi yordamida ham ilova oynasining xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin.
    Bunda sichqonchani ilova oynasi (Form1) ustiga keltirib, uning chap tugmasi bosiladi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasidan kerakli xossalarning qiymati o‘zgartiriladi. Ushbu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa, faol oynada ko‘rinmasa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin.
    Ilova oynasining kengligini Width xossasidan foydalanib o‘zgartiriladi. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan tanlab, lozim bo‘lgan qiymat (masalan 400 soni) kiritiladi. Shunga o‘xshash, ilova oynasi balandligini o‘zgartirish uchun Height xossasiga lozim bo‘lgan qiymat (masalan 300) kiritiladi. Bu amallarni qisqacha quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng foydalanamiz:
    Form1.Width:=400;
    Form1.Height:=300;
    Ilova oynasining sarlavhasini oldindan berilgan Form1 dan ‘Mening birinchi ilovam’ ga o‘zgartirish uchun
    Form1.Caption:= ‘Mening birinchi ilovam’;
    dastur kodi yoziladi.
    Form1.Color:=‘ClAqua’ yordamida ilova oynasining fon rangi havorangga o‘zgartiriladi.
    Form1.Left:=100 va Form1.Top:=50 xossalari yordamida ilova oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joy 100 va 50 ga o‘zgartiriladi.
    Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushiramiz. Buning uch xil usuli mavjud:
    1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini tanlash;
    2. Uskunalar panelidagi tugmasini bosish;
    3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish.
    Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning, o‘ng yuqori burchagidagi  tugmani bosish yoki Run menyusining Program Reset bandini tanlash lozim.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.