|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 44/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.202315. LabeledEdit tugmasidan foydalanish. LabeledEdit tugmasi loyiha oynasida Label va Edit tugmalar birikmasini hosil qiladi. LabeledEdit tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, LabeledEdit1 tugmasi hosil qilinadi. LabeledEdit1 tugmasining ustki qismida satr hosil qilish sohasi hamda uning ostki qismida tahrirlash sohasi mavjud. Bu ikkita soha alohida xususiyatlar orqali boshqariladi. Tugmaning Object Inspector oynasidagi EditLabel bo‘limi orqali ochiladigan (yashil rangli) xususiyatlar tugma ustidagi satr xususiyatlarini boshqaradi, qolgan bo‘limlar esa ostki qismdagi tahrirlash maydoni xususiyatlarini boshqaradi.
LabeledEdit1 tugmasida satr xosil qilish uchun Object Inspector oynasining EditLabel bo‘limidagi Caption qatoridan foydalaniladi. Mazkur tugmada satrni dinamik tarzda ham hosil qilish mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga LabeledEdit1.EditLabel.Caption:=‘Satr’; dastur kodi yoziladi. Tahrirlash maydonidagi satri esa Text qatori orqali aniqlanadi.
1-misol. LabeledEdit1 tugmasidan foydalangan holda R radiusli doira yuzini hisoblovchi ilova yaratish.
R radiusli aylana uzunligini hisoblovchi ilova yaratish uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan 1 ta Button va Additional komponentalar palitrasidan 1 ta LabeledEdit tugmalari joylashtirilib, Button tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
var
R,S:real;
begin
R:=StrToFloat(LabeledEdit1.Text);
S:=2*PI*R;
LabeledEdit1.EditLabel.Caption:=FloatToStr(S);
end;
Bu yerda PI standart o‘zgarmas, undan foydalanish uchun dasturlash oynasining sarlavha qismiga Math kutubxona faylini qo‘shish talab etiladi:
1.4.47-rasm.
Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:
1.4.48-rasm.
|
| |