• Object Inspector ini RowCount
  • GridLineWidth
  • Image
  • Image1
  • Stretch
  • Image1.Picture.LoadFromFile(«fayl nomi»)
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet39/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    4. DrawGrid tugmasidan foydalanish. DrawGrid tugmasi grafik ma’lumotlarni satrlar yoki ustunlar bo‘yicha aks ettirish uchun mo‘ljallangan jadval yaratadi. DrawGrid tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, DrawGrid1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu tugmaning Object Inspectorini RowCount xususiyati jadval satrlari sonini, ColCount xususiyati jadval ustunlari sonini belgilaydi. Options xususiyatining qiymatlari jadvalning turi va uning ko‘rinishini (masalan, tahrirlanayotgan yacheykani ajratib ko‘rsatish) o‘zgartirish imkonini beradi. Jadval chiziqlari qalinligi GridLineWidth xususiyati orqali amalga oshiriladi. FixedCols va FixedRows xususiyatlari feksirlangan ustun va satrlarni yaratish imkonini beradi, Color xususiyati esa jadvalga rang berish imkoniyatini yaratadi. DefaultColWidth xususiyati jadval ustunlari kengligini, DefaultRowHeight xususiyati esa jadval satrlari balandligini o‘zgartirishda foydalaniladi.
    5. Image tugmasidan foydalanish. Image tugmasi loyiha oynasida grafik tasvirni joylashtirish uchun to‘rtburchak soha hosil qiladi. Image tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Image1 maydo hosil qilinadi. Tugmaning Object Inspectorini Picture xususiyati orqali grafik tasvir yuklanadi. Image tugmasi o‘zida jpg, jpeg, bmp, ico, emf, wmf kengaytmali grafik fayllarni tasvirlay oladi:

    1.4.39-rasm.
    Image tugmasiga yuklangan tasvirni to‘liq o‘lchamda ochilishi uchun AutoSize xususiyatiga true qiymat tanlanadi. Kichikroq o‘lchamdagi dastlabki tasvir butun sohani to‘liq egallashi uchun esa Stretch xususiyatiga true qiymat tanlanadi. Image tugmasiga tasvirlarni dinamik yuklash va xotiraga saqlash imkoniyati ham mavjud. Buning uchun Picture tugmasining LoadFromFile va SaveToFile xususiyatlaridan foydalaniladi.
    Tasvirlarni yuklash uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi: Image1.Picture.LoadFromFile(«fayl nomi»). Tasvirlarni saqlash uchun esa quyidagi dastur kodi kiritiladi: Image1. Picture.SaveToFile(«fayl nomi»).

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.