• Label
  • Label1
  • Button1 (Hisoblash)
  • Delphi ning Standart
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet27/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Label tugmasini Forma oynasiga joylashtirish uchun Delphi dasturlash tilining Standart komponentalar palitrasidan A piktogrammasi belgilanib, forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tugma qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Label1 tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa Label2 va hokazo LabelN ko‘rinishda davom etadi.
    1-misol. Label tugmasi yordamida ma’lumotlarni ekranga joylashtirish va natijani chiqarish dasturi.
    Label tugmasi yordamida ma’lumotlarni ekranga joylashtirish va natijani chiqaruvchi loyiha yaratish uchun Standart komponentalar palitrasidan A piktogrammasi belgilanadi va loyiha oynasi ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holda tugma qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Label1 tugmasi hosil bo‘ladi, Object Inspektorining Caption bandidagi Label1 so‘zini o‘chirib “Dastur tuzishni o‘rganamiz” jumlasi kiritiladi.
    Yuqoridagi ketma-ketlik asosida Label2 tugmasi hosil qilinadi. Bundan so‘ng, Button1 tugmasini hosil qilib, Caption bandiga “Hisoblash” jumlasini kiritiladi.

    1.4.8-rasm.
    Button1 (Hisoblash) dasturlash maydoniga (sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali o‘tiladi) quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Label2.Caption:= ‘Salom yoshlar’;
    Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasi bosiladi. Natijada, quyidagi loyiha oynasi hosil bo‘ladi (2.9-rasm):

    1.4.9-rasm.
    3. Edit (kiritish) tugmasidan foydalanish. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni tahrirlash uchun ishlatilibgina qolmasdan, balki ma’lumotlarni chiqarishda ham foydalaniladi. Matn kiritish va chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart komponentalar palitrasidan ab piktogrammasi belgilanib, forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.