|
Delphi tilida ixtiyoriy masalani dasturini kiritishda hamisha begin
|
bet | 24/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Delphi tilida ixtiyoriy masalani dasturini kiritishda hamisha beginlar sonidan endlar soni bitta ortiqcha bo‘ladi. Masalan 3 ta begin bo‘lsa 4 ta end buyrug‘i kiritiladi va oxirgi end nuqta bilan tugatiladi.
1.4.4-rasm.
Shunday qilib, Delphi dasturlash tilida dastur strukturasi quyidagi ko‘rinishda ega:
Var - asosiy dasturda muomulada bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni e’lon qilish;
Protsedura va funksiyalarni e’lon qilish;
Begin
Dasturning asosiy qismi;
End.
Demak, har qanday dastur yuqorida berilgan asosiy tuzilmaning xususiy holi bo‘lishi mumkin va ular o‘z navbatida Delphi dasturlash tilida, tilga xos bo‘lgan asosiy tushunchalar bilan hosil qilinadi.
Sinflar va obyektlar. Delphi dasturlash muhiti Object Pascal obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tiliga asoslangan holda yaratilgan. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash – bu dastur ishlab chiqish usuli bo‘lib, uning asosida real dunyo obyekti va uning holatini ifodalovchi ma’lum strukturaga ega obyekt tushunchasi yotadi. Object Pascalda obyekt modelining qo‘llanilishi natijasi – bu komponentlarni qo‘llash va yaratishdir. Object Pascal obyekt modelining asosi sinf va obyekt tushunchalaridir.
Sinf – bu Object Pascalda maxsus turlar bo‘lib, o‘zida maydon, usullar va xossalarni mujassamlashtiradi.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga asoslangan Delphi dasturlash muhiti, sinflar kiritishga imkon beradi. Sinf murakkab struktura bo‘lib, ma’lumotlar ta’riflaridan tashqari, o‘zida protsedura va funksiyalarni kiritish imkoniyatini yaratadi.
Obyekt – bu sinfning real nusxasi bo‘lib, ma’lumotlar va funksiyalardan tashkil topadi. U dasturning Var bo‘limida e’lon qilinadi.
Obyektlar sinflar vakillari sifatida dasturda var bo‘limida ta’riflanadi. Masalan:
var student: TPerson; professor: TPerson;
Delphida obyekt – bu dinamik strukturadir. O‘zgaruvchi – obyekt ma’lumotlarini emas, balki obyekt ma’lumotlariga ilovani o‘z ichiga oladi. Shuning uchun dasturchi bu ma’lumotlarga xotiradan joy ajratishni ko‘zda tutishi lozim. Joy ajratish sinf maxsus usuli – konstruktor yordamida amalga oshiriladi. Bu usul odatda Create (yaratish) nomiga ega bo‘ladi. Sinf ta’rifida konstruktor uchun Procedure so‘zi o‘rniga Constructor so‘zi ishlatiladi.
|
| |