243
professori H.Slavin hamda Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori
Sh.Sheron tomonidan ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy
etilgan hamkorlikda o‘qitish asosan, o‘quvchilarda DTS (Davlat ta’lim
standarti) va fan dasturlarida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga e’tibor berilgan. Isroil va Yevropa olimlari tomonidan
tavsiya etilgan hamkorlikda o‘qitish ko‘proq o‘quvchilar tomonidan o‘quv
materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi
va munozaralari olib borishni ko‘zda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini
to‘ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqoza etadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining ahamiyati.
Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi-o‘quv topshiriqlarni nafaqat
birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish – o‘rganishdir. Hamkorlikda
o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va
mustaqil fikr yuritishga o‘rganish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni
tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga
keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni muslahkamlash,
tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirishni nazarda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining tahsil olishdagi
muvaffaqiyatiga olib kelishini aniqlagan holda muntazam va sidqidildan
aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga,
o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib o‘zaro
yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda
o‘qitishni tashkil qilishning bir nechta metodlari mavjud. Ular: 1.
Komandada o‘qitish metodi. 2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish
metodi. 3. Hamkorlikda o‘qitishning “zigzak” yoki “arra” metodi. 4.
Hamkorlikda o‘qitishning “birgalikda o‘qiymiz” metodi. 5. Kichik
guruhlarga ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Quyida har bir metod
haqida qisqacha axborot beriladi. Darslarni yuqorida keltirib o‘tilgan
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinishi, o‘quvchilarda jamoviy
ishlash, birgalikda harkat qilish va natijaga erishish mumkin ekanligini
uqtirish mumkin. Darslarda birgalikda biron bir asarni yaratish, birgalikda
biron bir binoning loyihasini tuzish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bunda
o‘quvchi bir birlari bergan takliflar orqali boshqasi uni to‘ldirib borishi va
yaratilayotgan asar, loyihaning mukammal chiqishiga hissa qo‘shgan
bo‘ladi. Bu bilan o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga jamoviy,
hamkorlikda erishishi, dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.