O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Kalit s
o‘
zlar:
Kompetensiya, kompetentlik, , o‘qituvchi kasbiy kompetenligi, grafik 
dasturlar.
Ta'lim sohasini rivojlantirishning omillaridan biri o‘qitishning yangi 
zamonaviy texnologiyalarini joriy qilishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘z 
mutahassisligi bo‘yicha egallagan bilimidan tashqari pedagogik va 
psixologik bilimlarni, yangi pedagogik texnologiya va o‘qitish metodikalari 
yig‘ indisi bo‘lgan zarur pedagogik minimumlarni egallagan bo‘lishi shart. 


255 
Shuni aytish joizki hozirgi zamon talablariga mos holda dars o‘tish 
yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozim. Bunda bo‘lajak tasviriy 
san’at o‘qituvchilari oldida kasbiy kompotensiyalarini shakllantirish talab 
etiladi. 
Kompetensiya - lotincha «Competentia» so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi 
lug‘aviy ma'nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo‘lgan» kabi 
ma'nolarni bildiradi. 
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni 
bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni 
bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati. 
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning 
egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir 
L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi 
bilimlar, o‘qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko‘nikma 
va 
malakasi, 
shuningdek 
o‘z-o‘zini 
rivojlantirish, 
o‘z-o‘zini 
takomillashtirish, o‘zo‘zini amalga oshirish usullari va vositalarining 
uyg‘un birlashishini tushungan 
Professionallik 
va 
kompetentlik 
tushunchalari 
umumiy 
xususiyatlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, har doim ham belgilangan 
talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam 
professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba'zilari bilimlarni amalda qanday 
qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib 
qolaveradi. 
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish 
maqsadga muvoqdir: 
- maxsus pedagogik kompetensiya- pedagogik faoliyatni zarur 
darajada amalga oshirish uchun yetarli ma'lumotga ega bo‘lish. Bundan 
tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va 
mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga 
bog‘liq; 
- ijtimoiy pedagogik kompetensiya- ijtimoiy vakolat darajasi 
pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, 
birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali 
aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun 
javobgarlik; 
O‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari: 
1 O‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish 
2 Ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o‘rnata 
olish 


256 
3 Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish 
4 O‘z ustida ishlash 
5 Pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish 
6 O‘z fanini mukammal bilish 
7 Ta'lim muhitiga yangilik kiritishi 
Pedagogik-psixologik trening-seminar, ish o‘yini, mahorat darsi va 
turli amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish, malakaviy amaliyotning rolini 
oshirish, har bir talabaga o‘zining pedagogik faoliyatga xos imkoniyatlari 
va mahoratini namoyon etishi mumkin bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratib 
berish orqali unda ijtimoiy-perseptiv kompetentlikni shakllantirish 
mumkin. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim, ko‘nikma va 
malakalarni o‘zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o‘rnatish 
texnikasini egallash, motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik 
bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan 
tayyorgarlik ko‘rib borish lozim. 
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarni kasbiy kompotensiyalarini 
rivojlantirish va takomillashtirishda grafik dasturlardan foydalanish ham 
sezilarli darajada yordam berish imkoniyatiga ega. Grafik dasturlardan 
foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilardan avvalo texnologik bilimlarni, 
zamonaviy texnik vositalardan dars jarayonida foydalana olish 
ko‘nikmasini yuklaydi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari grafik 
dasturlardan foydalanish salohiyati orqali, ularda vaqtni tejash imkoniyati 
paydo bo‘ladi, fikrlarni tezroq ifoda etishga, etiborni ko‘proq jalb qilishga 
yordam beradi, imkoniyatlarni to‘laroq ochib berishga va imkon darajasida 
to‘laroq foydalanishga yordam beradi. Kasbiy kompetensiya o‘qituvchidan 
harakatchanlik, muammolarni tezda hal qilish, tez va aniq fikrlashni talab 
qilsa, grafik dasturlardan foydalanish va ularni qo‘llash jarayonida ham 
ayni shu sifatlar rivojlanib boradi. 
Grafik dasturlarda axborot bilan ishlash insonning ko‘rish, eshitish 
va sezish organlariga qaratilgan bo‘ladi, ya'ni, axborot berish uchun tasvir 
va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad, axborotni tasvir va 
tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter 
grafik dasturlari mavjud bo‘lsada, ular bir birlaridan o‘zaro qo‘llanilish 
sohalariga qarab farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari 
uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning 
imkoniyatlari ham ma'lum bir sohaga yo‘naltirilgan. Shuning uchun, grafik 
dasturni tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga olish 
lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir 
dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. 


257 
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarni ongida fazoviy tasavvurni 
rivojlantirish va kasbiy kompotensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, 
unda qiziqish shakllangan bo‘lishi va bu qiziqish asosida bilim olishi 
hamda ularni esda saqlashi, bilimlar yig‘ilib ko‘nikma va malakalarga 
aylanishi kuzatiladi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarni egallagan bilim, 
ko‘nikma malakalari va kasbiy kompotensiyaga tayangan holda berilgan 
muammoni ongida tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. 
Kompyuter grafikasida fazoviy tasavvurga yaxlit olib kelinadigan 
grafik ob'ektlarning har bir komponenti ham texnik ham grafik tarzda 
uzviy bog‘langan bo‘lib, bu holat fazoviy tasavvurini kengaytiradi
amallarning to‘g‘ri bajarilishini va to‘g‘ri xulosa chiqarilishini, boshqacha 
aytganda, texnik va grafik bog‘lanishni ta'minlaydi bu bevosita bo‘lajak 
tasviriy san’at o‘qituvchilarida kasbiy kompotensiyalarni shakllantirish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi 
Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va 
uzluksiz jarayondir. U oliy ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida 
tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, 
yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy 
ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish