Kalit s
o‘
zlar:
Amaliy bezak san’ati, ta’lim jarayoni, zamonaviy kompyuter
texnologiyalari, kompyuter grafikasi, grafik dasturlar.
Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini
olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at,
xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta
ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir
yillik bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining
tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb–hunar kollejlari, oliy
ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik
tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan
barkamol etib tarbiyalashda amaliy bezak san’ati fani alohida ahamiyat
kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda tabiat unsurlarini
stillashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati benihoya katta bo‘lib, bu
ularning
umumiy
dunyoqarashlarini
o‘stirishda
muhim.
Yozuv
kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh namunalarini
chizish, boyash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi.
Amaliy va badiiy bezak san'atini o‘rganish yoshlarga atrofdagi
jismlarning stillashtirgan holda, badiiy tafakkur, ijodiy qobilyat, ko‘rib
249
eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish, san'at asarlariga nisbatan
estetik munosabatni, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish, amaliy
va badiiy bezak san'atida kompozitsiya masalalari, naqsh turlari, badiiy
naqqoshlikda zamonaviy ramzlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonda badiiy
bezak san'atining o‘rni, amaliy bezak san'atida kompozitsiya, shriftlar,
reklama, e'lon, shior, tabrik matni namunalari, interer va ekstererda badiiy
bezash bilan tanishtirish orqali nazariy jihatdan o‘rgatadi hamda ularning
estetik didlarini o‘stirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rta
maxsus, kasb–hunar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus
fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqazo etib, pedagoglar, olimlar,
ustalar va rassomlar zimmasiga mashaqqatli va ayni paytda sharafli va
yuksak mas'uliyat yuklaydi.
Talabalarga — amaliy bezak san'ati fanini o‘qitilishida quyidagi
texnik vositalardan foydalaniladi: Amaliy san'at namoyandalari, xalq
ustalari, yetuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san'at usta rassomlarining jahon
miqiyosida tan olingan san'at asarlari namunalari hamda metodik jihatdan
mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish taqazo etiladi. Ayniqsa
bunda
zamonaviy
kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanishning
samarasi katta deyish mumkin. An’anaviy ta’lim jarayoni tajribadan o‘tgan
va samarali bo‘lishiga qaramasdan, zamonaviy dunyoda yashayotgan
talabalar uchun oddiy va zerikarli ta’assurot qoldirishi mumkin.
Asosiy maqsad talabalarni ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish
va ularda tushunish, qabul qilish jarayonlarini osonlashtirish ekan, biz
qanday fan turi bo‘lishidan qat’iy nazar zamonaviy tehnologiyalardan
foydalanishni , dars jarayonida tadbiq qilishimiz lozimdir. Zamonaviy
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarda bir muncha
qulaylik yaratibgina qolmay bu jarayon ancha qiziqarlidir.Yuqoridagi
fikrlarga asoslangan holda, amaliy bezak san’ati fanlarini o‘qitishda ham
zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, amaliy san’at
topshiriqlari, naqsh elementlari va kompozitsiyalarini kompyuter
grafikasidan foydalangan holda chizishni dars jarayonida tadbiq etish
mumkin.
Bunda kompyuterning grafik dasturlaridan foydalanish mumkin.
Kompyuter grafikasi- grafik display (monitor) ekranida tasviriy
informatsiyani vizuallash (“ko‘rinadigan” qilish).Tasviriy qog‘ozda,
fotopiyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli
ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni
darhol o‘chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo‘nalishda
toraytirish yoki cho‘zish yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish,
harakatlantirish, rangini o‘zgartirishva boshqa amallarni bajarish mumkin.
Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlash, buyumlarni loyihalash
250
va modellarni yasashda teleraklamalar yaratishda, multfilmlarni
yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilishda va boshqa ko‘p
sohalarda qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni
o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi
tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish programma vositasida
yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi. U
multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan
programma ta’minotidir,ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi
yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning
o‘ziga zeb berishda ham juda keng qo‘llaniladi. Uning rivojlanishi
jarayonlarning real uch o‘lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash
(hattto harakatdagi) imkonini yaratadi. Shuning uchun hozirda shunday
amaliy programmalar peketlari mavjudki, ular yordamida ko‘rilayotgan
masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi
grafik shaklidagi olinishi mumkin.
Kompyuter grafikasi nafaqat rassomlar, balki turli soha vakillari
reklama bilan shug‘ullanuvchi mutaxasislar, Internet sahifalarini yaratish,
o‘qish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o‘ynaydi. Uning
ayniqsa poligrafiya sohasida qo‘llanilishi keying paytlarda rang-barang,
suratli adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanmalari, badiiy asarlarning paydo
bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlardan bir qanchasini
sanab o‘tish mumkin. Jumladan , Microsoft Paint, Adobe Photoshop,
Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe
InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va
Autodesk 3ds Max,Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, Lightwave,
Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga
oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish
mumkin bo‘lsa, ba’zilarida esa uch o‘lchamli modellashtirish va hattoki
to‘rt o‘lchamli modellashtirish mumkin bo‘ladi.
Amaliy bezak san’ati fanlarini o‘qitishda ham bu grafik dasturlardan
keng foydalanish mumkin, ularning qulayliklari fanning amaliy ish
jarayoni ancha osonlashtiradi va o‘zlashtirishni yanada oshirishga yordam
beradi. Bu grafik dasturlarda naqsh elementlari, kompozitsiyalari, islimiy
naqshdan tortib, geometrik va murakkab naqsh turlarini tasvirlash
mumkin. Grafik dasturlar nafaqat o‘zlashtirish jarayonini, vaqtni va
mablag‘ni ham tejashga yordam beradi.
Talaba grafik dasturlar yordamida chizilgan amaliy ishni (topshiriq
sifatida berilgan naqsh, naqsh elementi, kompozitsiya) bemalol o‘zgartira
oladi, xatolarni tuzatish ham oson kechadi, istalgan rangga bo‘yash va uni
251
bemalol o‘zgartirish mumkin. Eng asosiysi vaqt o‘tgan sari amaliy ish sifati
va holati o‘zgarmaydi. Bu esa talabalarda paydo bo‘ladigan asosiy
muammolarning oson yechimidir.
M.V. Matveevaning fikricha: talabalar tayyor grafik, animatsion va
videolavhali o‘quv materiallarni o‘zlashtirish vaqtida kompyuter
grafikasining illyustrativ funksiyasi bajariladi. Ular bilimni o‘rganilayotgan
ob'ektning matematik modelini tuzish orqali o‘zlashtirsalar, kompyuter
grafikasining kognitiv funksiyasi bajariladi. Kompyuter grafikasining
illyustrativ va kognitiv funksiyalari shartli ravishda farqlanadi. Bir
tomondan, oddiy grafik tasvir ham talabada yangi g‘oya tug‘ilishiga yoki
unda yangi qirralarning ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa
tomondan, kognitiv funksiyasi har doim ham to‘liq amalga oshmaydi,
masalan, talaba o‘rganilayotgan ob'ektning allaqachon ma'lum bo‘lgan
xususiyatlarinigina aks ettirganda, shunchaki illyustrativ funksiyasi
bajariladi.
Grafik dasturlar nafaqat talabalar balki , professor-o‘qituvchilar ish
faoliyatida ham qulaylik tug‘diradi. Amaliy ishlar ko‘pincha qog‘ozdan
foydalangan holda chiziladi, va amaliy topshiriqlar shu holatida ustozlarga
topshiriladi. Turli hajm va o‘lchamga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ko‘p
hollarda to‘g‘ri saqlanmasligi oqibatida, o‘z holati va sifatini yo‘qotadi.
Grafik dasturlar sharofati bilan, bunday noqulayliklar tezda barxam
topadi.
Xulosa qilib aytganda, grafik dasturlardan foydalanish talabalar
uchun bir muncha qulayliklar yaratadi, ta’lim jarayoni va sifatini
yaxshilaydi. Grafik dasturlardagi ko‘plab qulayliklar talabalarda qiziqish
uyg‘otibgina qolmay, mashg‘ulot jarayonlarini yanada samarali olib
borishga
ko‘maklashadi.
Zamonaviy
texnoligiyalar
hayotimizda
qulayliklar yaratishga xizmat qiladi, ish faoliyatidami yoki ta’lim
jarayonida ularni o‘z o‘rnida, keragicha qo‘llay olsak bas.
|