|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti Pdf ko'rish
|
bet | 136/239 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,14 Mb. | | #244342 |
Bog'liq “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VANurullayeva Nigora Karimovna
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi oliy toifali
o
ʻ
qituvchisi
Annotatsiya:
Rus kompozitorlari ijodi serqirra va uslubiy boy soha sifatida
musiqashunoslarning ilmiy izlanishlar olib borishga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Rus
kompozitorlari yaratgan musiqiy asarlardan tashqari ular qalamiga mansub adabiy-tanqidiy
merosni tadqiq etish asosida mualliflarning tafakkuri va ijodiy tamoyillari, uslubi, yozuv
texnikasi, mavzu va janrlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va Oliy ta’limning
musiqiy ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod etgan rus
kompozitorlarining asarlarini o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv
jarayonida qo‘llash, o‘quv mehnatini amalga oshirishda, talaba va o‘qituvchini izlanishga, o‘z
ustiga ishlashga undaydigan o‘quv darsini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Bu orqali
talabalar badiiy musiqa, musiqiy san’at mazmunida shaxsni axloqiy estetik va tinglash
madaniyatini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil tayyorlashda malaka
ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik ijodkorlik, milliy musiqamizdan tashqari qardosh
xalqlarning ham urf-odatlari, musiqiy janrlari haqida tushunchaga ega bo‘lish musiqiy ta’lim
yo‘nalishidagi talabalarning dunyoqarashini kengayishi uchun xizmat qiladi. Buning uchun
pedagog o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan,
talabalarni pedagogik texnalogiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini
o‘quv tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishni ko‘zda tutmog‘i
lozim.
|
| |