• Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O‘zbekiston 
    Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
    to‘g‘risida"gi PF-5712-son Farmoni Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
    2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Davlat ilmiy nashriyoti, -.: 2006. -jild.557 b.). 
    3. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000. 
    4. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-qunar ta'limining davlat ta'lim 
    standartlarini tasdiqlash to‘qrisida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    qarori. 2017 yil 6 aprel, 187-son. 
    5. Oliy ta'lim Davlat ta'lim strandarti. 5110100-Matematika o‘qitish metodikasi 
    ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar 
    mazmuniga qo‘yiladigan talablar. Rasmiy nashr. - Toshkent. - 2013. 
    6. Temurov S.Y. Bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni 
    shakllantirishning nazariy asoslari. Monografiya. -T.: «Fan va texnologiya», 2014. 
     


    258 
    O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI
    TAKOMILLASHTIRISH 
    Sattorova Iqbol G‘iyos qizi 
    Buxoro davlat Pedagogika instituti II bosqich 
    magistranti 
    Annotasiya:
     Maqolada "kompetensiya", "kompetentlik" tushunchalarining metodologik 
    tahlili keltirilgan. O‘qituvchilar kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish usullari va buning 
    ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida malumot berilgan. 
    Kalit s
    o‘
    zlar:
    Kompetensiya, kompetentlik, ta'lim sifati, o‘qituvchi kasbiy kompetenligi. 
    Zamonaviy jamiyat ta'lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, 
    raqobatbardosh, tashabbuskor, ma'naviy va jismoniy soqlom shaxslarni 
    tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
    Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida 
    "yuksak bilimli va intellectual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta'lim 
    muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish" 
    vazifasi belgilandi. Mamlakatimizda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari 
    ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib 
    kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni 
    sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta'limning 
    innovasion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida "O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    xalq 
    ta'limi 
    tizimini 
    2030 
    yilgacha 
    rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" PF-5712 sonli prezident farmoni 
    tasdiqlandi. Konsepsiyada ta'lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
    vazifalar belgilab berildi. 
    Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni 
    qanday kechadi kabi savollar tug 'iladi. Shu nuqtai nazardan 
    "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini 
    aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" 
    nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini 
    bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma'lumoti, 
    ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, 
    uning ma'lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala 
    atama o‘xshashdir. 
    Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda 
    mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish 
    darajasini anglatadi. Kompetensiyalar ta'rifiga bir qancha yondashuvlar 
    mavjud: - Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-
    atvori namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va 
    bilimlarga ega bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi. - Yevropacha 
    yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish natijalarining 


    259 
    tavsifi, ya'ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati 
    sifatida ko‘riladi. Vazirlar Maqkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son 
    harori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta'limning Davlat Ta'lim 
    Standartida kompetensiya tushunchasiga mavjud bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati sifatida 
    ta'riflangan. 
    Bugun ta'lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida 
    tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo‘ymoqda. 
    Ta'limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko‘ra 
    belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida 
    yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli yondashuv tushunchasi, 
    o‘rganilishi, o‘rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy 
    adabiyotda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib, ta'lim, xodimlarni tanlash, 
    mehnat natijasini baholash, ta'limning muvaffaqiyatligi, professional 
    yo‘naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda 
    ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi. 
    1970-yillarda ko‘pgina G‘arb Yevropa davlatlarida paydo bo‘lib, bunda 
    kompetentlik 
    professional 
    tayyorgarlikning 
    yangi 
    yo‘nalishini 
    ko‘rsatadigan bo‘ldi. «Kompetentlik» termini ta'lim faqatgina individual, 
    texnik yoki tajribaviy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog‘liq 
    bo‘lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza 
    bo‘lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko‘nikmalari majmuasini ifoda 
    qiladi. Ammo bu g‘oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o‘z ifodasini 
    topdi. Masalan, Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional 
    faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlangich professional tayyorgarlik 
    mobaynida erishilishi shart bo‘lgan maqsadni ifodalagan. Bu o‘qitish kursi 
    o‘zaro bog‘liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig‘indisidan iborat 
    bo‘lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini 
    berar edi. Bu umumiy malaka o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas, u 
    rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib 
    chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari ham o‘zgarib 
    turadi. 
    Funksiyalarni to‘g‘ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va 
    kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy 
    o‘sishi uchun qaysi 
    yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak. 
    Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil 
    ma'noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma'lum 
    bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos 
    xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, 
    chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat 
    qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan 
    qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga 


    260 
    mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, 
    nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo 'llash 
    qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash 
    va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. Professionallik va kompetentlik 
    tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, har 
    doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan 
    odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba'zilari 
    bilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday 
    pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi. 
    Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va 
    uzluksiz jarayondir. U oliy ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida 
    tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, 
    yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy 
    ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish