Annotatsiya:
Ushbu maqolada Professional ta’lim tizimida chizmachilik fanini
rivojlantirishda grafik dasturlardan foydalanishning afzalliklari va grafik tasvirlashning ikki va
uch o‘lchamli ko‘rinishlarini zamonaviy AKT dasturlari asosida buyumlarning visual
tasvirlarini bajarib real ko‘rish va grafik jihatdan tahlil etish hamda fazaoviy tasavvurni
o‘stirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar berilgan. Bu maqolada Professional ta’lim
tizimida chizmachilik fani uchun talabalarning chizma chizish qobiliyatini o‘stirish va o‘qitish
271
usullari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada Auto CAD dasturi orqali
chizmalarni chizishga o‘rgatish bo‘yicha grafik ko‘rsatmalar ham berilgan.
Kalit s
o‘
zlar
: Auto CAD, ikki o‘lcham, uch o‘lcham, fazoviy tasavvur, gayka kaliti.
Barcha sohalarning rivojlanishida kompyuter texnologiyalarining
kirib kelishi taraqqiyot jarayoniga o‘zning samarali o‘rniga ega. Bu jarayon
esa chizmacilik fanida ham o‘z aksini topadi. Har qanday grafik tasvirlarni
yaratishda zamonaviy grafik dasturlar orqali buyumlarni yaratishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Chizmachilik qoidalari asosida chizmalarni
chizish, talabalarning fazoviy va grafik tasavvurlarini shakllantirishda
xizmat qiladi. Talabalar grafik dasturlarni o‘zlashtirishi zamonaviy ta’lim
tizimida muhimligini anglatadi. Chizmachilik faniga talabalarning
qiziqtirishini va ularning grafik tasvirlarni anglashlari, har qanday buyum
va detallarning grafik yechimlarni shakllantirishlari uchun chizmachilik
fani samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda talabalar zamon talabiga mos, malakali mutaxassis
bo‘lib yetishishlari uchun juda yuqori darajada bilimga ega bo‘lishlari
kerak. Yangi grafik dasturlarni ta’lim jarayoniga qo‘llay oladigan, grafik
dasturlar asosida ishlovchi, ishlab chiqarish sanoati dastgohlarini
boshqarish, turli xil grafik loyihalarni tuza oladigan mutaxasislar bo‘lmog‘i
lozim.
Muhandislik ta’limini rivojlantirish uchun, talabalarda chizma
geometriya, arxitektura va qurilish chizmachiligi, mashinasozlik
chizmachiligi kabi fanlarni mukammal o‘qitilishi bo‘lg‘usi mutaxasislar
uchun muhim hisoblanadi.
Muhandislik
salohiyatini
talabalarga
shakllantirishda
grafik
dasturlardan biri Auto CAD dasturi yordamida bir nechta grafik
tasvirlarning ikki va uch o‘lchamli tasvirlarini yasalishini ko‘rib chiqamiz.
Masalan: Texnikada qo‘llaniladigan buyumlardan gayka kalitining
ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli (1-rasm, a, b) tasvirini bajaramiz. Bunda
d=22, d
1
=16 ga teng.
Gayka kaliti chizmasini bajarishga kirishishdan oldin detalning
grafik tasvirini tahlil qilish kerak, ya’ni gayka kalitida geometrik yasashlar
va tutashmalarga oid elementlardan foydalanilgan. Chizmani bajarishda
yasash ketma-ketligini to‘g‘ri tanlashning ahamiyati juda katta. Shuning
uchun chizmani chizishdan oldin tasvir xayolan alohida elementlarga
bo‘linadi va ularni bajarish ketma-ketligi belgilanadi.
Dastlab markaz chiziqlari belgilanadi. Geometrik yasashlar bilan
aylanalar muntazam olti burchaklar yasalib tutashma elementlari
bajariladi. Bunda Auto CAD dasturi asosida bajarilgan, tutashma ishtirok
etgan texnik detal chizmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Gayka
kalitining ikki o‘lchamli tasviri tayyorlangandan so‘ng bir nusxa olinib
o‘lcham va markaz chiziqlari o‘chiriladi va uch o‘lchamli tasviri quriladi .
|