339
fazoviy va xayoliy tasavvur qilish ko‘nikmasini shakllantirishda ananaviy
ta’limdan ko‘ra ijobiy natijalarga olib kelganligi jahon tajribasida o‘z
tasdig‘ini topgan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki chizmachilik
fanining quyidagi, proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachilik,
arxitektura-qurilish chizmachiligi bo‘limlarini 3D tarzda zamonaviy
kompyuter dastur (AutoCad, 3DS Max, Civil 3D va h.k.)lari orqali ko‘rish,
detallarga qirqimlar berish va proyeksiyalarini va ular orqali shu detalning
o‘zini tasavvur qilish ko‘nikmasini
shakllantirish, arxitektura-qurilish
chizmachiligida qirqimlarni yasashni qiyin emas, balki hamma uchun
qiziqarli mavzular sifatida qaraladigan bo‘lishiga olib keladi. Ma‘ruzalarni
multimedia qo‘llab-quvvatlashi nafaqat illyustratsion materialni xilma-xil
qilish imkoniyatini yaratadi, balki an’anaviy ta’lim shaklini o‘zgartirgan
yangi texnologiyalarni qo‘llaganligi tufayli u yanada jozibador bo‘lib,
talabalarga murakkab nazariy materiallarni taqdim etish va tushunishga
imkon beradi.
Chizma sohasidagi darslarni quyidagi tartibda
olib boorish tavsiya
etiladi:
• O‘quv materialini idrok etilishi, o‘quv-biluv jarayonining qaysi
jihatlarida
muammoli
savol
va
muammoli
vaziyatlarga
duch
kelinayotganligi, psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)
uyg‘unligi, diqqatning ko‘lami asosida o‘quvchilarni mustaqil fikrlay
olishiga va fazoviy tasavvur qilishga asosiy e’tibor qaratiladi. Shunga mos
keluvchi savollar tanlanib, o‘quvchilar qiziqtiriladi. O‘quvchida o‘z-o‘zini
tahlil etish ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘quvchi turlicha yangi bilim va
yangi tushunchalarni anglaydi,
tushunadi, dastlabki xulosalar chiqara
boshlaydi. O‘z-o‘zini tahlil etish jarayonida saralash, tizimlash
ko‘nikmalari shakllanadi. O‘qituvchi tomonidan tegishli nazorat
topshiriqlari tanlanadi.
• O‘quvchida ma’lum darajada faollik, tashabbus,
fazoviy
tasavvurlari, mustaqil fikr hamda o‘z-o‘zini tahlil va taftish etish, ko‘nikma
va malakalari ko‘zga tashlanadi. Yangi bilimlarni mashq, test, grafik
topshiriqlarini yechish, amaliy misollar keltirish, tahlil, qiyoslash asosida
xotirada saqlashga (olib qolishga) intilish, harakat ko
ʻ
zga tashlanadi.
• O‘quvchi faol harakat va urinishlar asosida yangi bilimlarni tezda
o‘zlashtira oladi. Olgan bilimlarini amalga tatbiq eta oladi. O‘z-o‘zini tahlil
etib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchilliklarini isloh eta olish ko‘nikmalariga
ega. Masalaning fazoviy holatidan kelib chiqib,
induktiv va deduktiv
xulosalar chiqara oladi.
340
• Faollikni va ba’zan liderlikni qo
ʻ
ldan bermaslikka intiladi. Mustaqil
fikrga ega. ijodkor, nutqi ravon va mantiqli, muammoli vaziyatlar
yechimini topa oladi. Nazorat topshiriqlarini qisqa fursatda yechib
ulguradi. Induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega.
Mavzuga (fanga) oid tushunchalar mohiyatini yaxshi biladi. O‘z-o‘zini
nazorat qilgan holda, o‘z-o‘zini obyektiv baholay oladi. Olgan bilim,
egallagan ko‘nikma va malakalarini amalga tatbiq etishda qiynalmaydi.
Bilimlarni to‘ldirish, boyitish, yangilashga intiladi.
Chizmachilik fanining maqsadi sakkiz yillik maktabda o‘quvchilar
tomonidan
olingan
proyeksiya
usullari
haqidagi
ma’lumotlarni
umumlashtirishdan iborat. Birinchi darslardan boshlab o‘qituvchi
chizmachilik amaliyotida qo‘llash ko‘lamini ko‘rsatishi, o‘quvchilarning
proyeksiyalash usuli va chizmalarni qurish usullari haqidagi bilimlarini
tizimlashtirish
va chuqurlashtirish, amaliyotda qo‘llaniladigan tasvir
usullarini solishtirish kerak.
Ushbu kurs chizmalarga oid bilimlarni chuqurlashtirish, chizmachilik
darslarida olingan konstruksiya chizmalarini o‘qish va bajarish bo‘yicha
ko‘nikma va malakalarni oshirishga qaratilgan.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, muhandislik sohalarida yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun nihoyatda muhim ahamiyatga
ega va uni ta‘lim muassasalarida rivojlantirish samaradorligi ko‘p jihatdan
tasdiqlangan
o‘qitish usullaridan va yangi usullardan oqilona
foydalanishga bog‘liq.