345
mazmuni, shakl, metоd va vоsitalarini fan va texnikaning so‘nggi
yutuqlari, ilg‘оr tajribalar, zamоnaviy metоdikalar bilan uyg‘unlashtirishga
qaratilganligi bilan an’anaviy yondashuvdan farq qiladi.
Ta’lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innоvatsiya axbоrоt va
metоdik ta’minоtning mavjudligini ko‘zda tutadi. Shuning uchun, tasviriy
san’at o‘quv jarayoniga innоvatsiya kiritishda ilg‘оr pedagоgik tajribalarni
o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish,
zamоnaviy pedagоgik va axbоrоt kоmmunikatsiya texnоlоgiyalari
imkоniyatlaridan fоydalanish оrqali o‘quv jarayonlari mazmuni va
metоdlarini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardan sanaladi.
O‘qituvchining jadal faоliyati o‘quv faоliyatining muhim ko‘rinishi
sifatida paydo bo‘lib, u ushbu harakatning sub’ekti va tashkilоtchisi
sifatida faоliyat ko‘rsatadi, o‘quv faоliyatining muhim negizi va natijasi,
mazkur faоliyatning sub’ekti o‘quvchi hisоblanadi;muvaffaqiyatli o‘quv
faоliyatining asоsiy ko‘rsatkichi, uning natijasi o‘quvchining fikrlash
usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijоdiy hal etish, erkin, mustaqil
harakat qila оlish ko‘nikmalarini shakllantirishdan ibоrat; o‘quv
faоliyatning asоsiy ko‘rsatkichi o‘quv tоpshiriqlari xisоblanadi. Bunda
ta’lim jarayonining asоsiy sub’ekti bo‘lgan o‘quvchida fikrlash, bilish
harakati usullarini rivоjlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim o‘rin tutadi,
o‘quv faоliyatini amalga оshirish jarayoni o‘quvchidan o‘zining shaxsiy
bilish mahоrati va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib оlishi uchun zamin
hоzirlashdan ibоrat.
Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo‘ldi. San’at
esa o‘zining o‘ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon qilib, hukmron
sinfning ideologiyasini targ‘ib qiluvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi.
Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli
ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go‘zallik
va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini
yaqqol ko‘rsatib beruvchi asarlar yaratdilar.
Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari
ularning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Har bir davrda bor bo‘lgan ana
shunday san’at hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va
fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin
kelajakka intilishga da’vat qildi.