Eliboyeva Lola Suleymanovna
Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika
kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini o‘stirish
jarayonida musiqiy didaktik o‘yinlardan foydalanish usullari haqida so‘z boradi.
Kalit s
o‘
zlar.
nutq, musiqa, san’at markazi, nutq markazi, faoliyat, rivojlantiruvchi
soha
Musiqa san
ʼ
ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta
ʼ
sir
o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Bugungi
jamiyatning madaniy hayotida yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa
kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa
- inson yuragiga juda chuqur kirib boruvchi yagona san
ʼ
at bo‘lib, qalb
tug
ʼ
yonini yorqin ifodalash qudratiga ega.
350
Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb
etadi. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional tuyg
ʼ
u uyg
ʼ
otadi. Musiqa
yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotni yanada boyitib boradi.
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni
obrazli - emotsional idrok etishi va bola xarakterining shakllanishiga ta
ʼ
sir
ko‘rsatishi uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib quyidagi
vazifalar qo‘yiladi:
1.Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
2.Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o‘rgatish.
Ularda musiqani qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini
tarbiyalash.
3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar faoliyatini tashkil etishda
musiqadan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. MTTda faoliyatlarni
tashil etish jarayonida ta'lim berish didaktika prinsiplari asosida
bolalarning yosh va o‘ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma’lum
izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi.
Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.
Musiqani idrok etish ilk yoshdan shakllanadi. Bola tug‘ilarkan, eng
avvalo onasining allasi bilan ulg‘ayadi. Alla musiqa ohangida aytiladigan
eng buyuk so‘zlardir. Shunday ekan, bolalar hayotida musiqaning o‘rni va
hamiyati kata rol o‘ynaydi. To‘plangan emotsional musiqaviy taasurotlar
qo‘shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo‘shiqlarini
aytishga olib keladi.
Bola va uning qobiliyatlarining o‘sishi katta kishi tomonidan
uyushtiriladigan faoliyatda: qo‘shiq, ritmika, musiqa tinglash va musiqa
asboblarini chalishda sodir bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining musiqa eshitish
tajribalari asosida o‘z tasavvurlarini qo‘shiq, o‘yin, raqs ijodida namoyon
qilishga va musiqa savodining oddiy elementlarini egallashga qodirdirlar.
Shu bilan birga faoliyatning har bir turi umuman musiqa qobiliyatlarining
o‘sishiga, maxsus qobiliyatlarning shakllanishiga masalan, ashula aytish,
ashulachilik ovozi va kuy qobiliyatining tarkib topishiga yordam beradi.
Bularning barchasi turli tashkiliy shakllarda: mashg
ʼ
ulotlarda,
o‘qishdan tashqari ishlarda (bolalar bog
ʼ
chasi turmushida musiqa) va
mustaqil faoliyatlarda bo‘lib o‘tadi.
Musiqaga qiziqtirish jarayonid so‘z muhim rolni bajaradi. Bolalar
idrok eta oladigan, tushuna oladigan musiqa asarlarini eshitar ekan, so‘zlar
asosida olamni anlay boshlaydi.
Masalan bolalar qo‘shiqlaridan: “Bog‘imda gullar chaman”,
“Chittigul”, “Mening bog‘cha opamlar” kabilar bilan bolalar atrofdagilarga
muhabbat ruhida tarbiyalanadi.
351
MTTda faoliyatlarni rejalashtirishda amaliy mashg‘ulot asosiy
vazifani bajaradi. Bunda barcha bolalar bilan bir vaqtda va musiqa
amaliyotining barcha turlari bo‘yicha rejali olib boriladigan mashg
ʼ
ulotlar
ishning eng muhim shakli hisoblanadi. Pedagog o‘z ishini rejalashtirar
ekan, bolalar bilan bo‘ladigan har bir uchrashuvning konkret vazifalari
unga ravshan bo‘lishi kerak, o‘quv materialini butun o‘quv davriga
taqsimlaydi. U butun jamoaga murojaat qilar ekan, har bir bolani o‘z nazar-
e
ʼ
tiborida tutadi. Bu uni mashg
ʼ
ulotni dinamik, variantlab olib borishga,
bolalar e
ʼ
tiborini ustalik bilan boshqa tomonga burishga, uni ijro
etilayotgan musiqa xarakterini to‘g
ʼ
ri idrok etishga yo‘llashga majbur
qiladi. Shu bilan birga mashg
ʼ
ulot yagona reja bilan birikkan bo‘lishi kerak.
Аmaliyot jarayonida mashg
ʼ
ulotlar o‘tkazishning quyidagi tartibi
shakllangan. U bolalarning tinglash qobiliyatini, e
ʼ
tiborini to‘plab, jamoani
yaxshi uyushtiradigan musiqali-ritmik mashg
ʼ
ulotlardan boshlanadi.
Shundan keyin bolalar sokin, e
ʼ
tiborini chetga qochirmay o‘tirib, ashula
aytadilar va musiqa tinglaydilar. Ular o‘zlarini, o‘rtoqlarini, pedagogning
ko‘rsatmalarini tinglab, ashula aytadilar, eshitish qobiliyatini o‘stirish
mashqlarini, ashula aytish improvizatsiyalari uchun ijodiy topshiriqlarni
bajaradilar, yangi qo‘shiqlar o‘rganadilar, yaxshi tanish bo‘lganlarini
takrorlaydilar. Mashg
ʼ
ulot oxiriga yaqinlashganda tinch harakatlar bilan
yakunlanadigan o‘yin, raqslar o‘tkaziladi.
MTTdа musiqа fаоliyati bоlаlаr tоmоnidаn mа’lum bilimlаrning
o’zlаshtirilishi, kеrаkli ko’nikmа, mаlаkаlаrning egаllаnishi, musiqа
tааssurоtlаrining jаmg‘аrilishigа аsоslаnаdi. Bungа musiqа mаshg‘ulоtlаri,
bаyrаmlаr vа ko’ngil оchishlаrni to’g‘ri tаshkil qilish, shuningdеk,
tаrbiyachilаrning bilvоsitа bo’lsа hаm bоlаlаrning mustаqil musiqа
fаоliyatlаrigа rаhbаrliklаri tufаyli erishilаdi.
Bolalarning musiqiy faoliyatini shakllantirishda musiqali didaktik
o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Musiqali didaktik o‘yinlarni maktabgacha
ta’lim tashkilotida faoliyatlarda qo‘llash jarayonida tarbiyalanuvchilarda
bаdiiy didning shаkllаnishigа sеzilаrli tа’sir qilаdi. SHuning uchun
bоlаlаrgа musiqа fаоliyatigа qiziqishni singdirish vа bu qiziqishni dоimiy
sаqlаsh uchun guruh хоnаsidа mахsus jоy аjrаtish hаmdа uni turli
qo’llаnmаlаr—didаktik o’yinlаr, tехnikа vоsitаlаri (rаdiо, elеktrоn
prоigrivаtеl, diаprоеktоr, mаgnitоfоn vа bоshqаlаr) bilаn jihоzlаsh lоzim.
Hаmmа sаn’аt turlаridа bo’lgаnidеk musiqаdа hаm аtrоf-muhitni
аks ettirish хususiyatlаri («o’z tili bilаn») mаvjud. Uning emоsiоnаl
mаzmunini so’zlаr оrqаli tushuntirish qiyindir. Musiqа аsаrlаrini idrоk
qilish kishining umumiy emоsiоnаl rivоjlаngаnligigа bоg‘liqdir.
Bоlаlаrning
musiqаviy
rivоjlаnishlаri
muvаffаqiyatlirоq
bo’lishi
mаqsаdidа musiqаni idrоk etish jаrаyonini оsоnlаshtirishi mumkin
352
bo’lgаn, uni yaхshirоq tushunishgа yordаm bеrа оlаdigаn хilmа-хil
qo’llаnmаlаrdаn fоydаlаnish zаrur.
MTTda faoliyatni rivojlantirish jarayonida, mashg‘ulotlarda bolalar
bilan didaktik o‘yin o‘tkaziladi. o‘yinining o‘ziga xosligi shundaki, u
tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini,
ularning ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks yettiradi. O‘yin
paytida xona bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro stantsiyasi, temir yo‘l
vagoni bo‘lishi mumkin va h. k.
Bolalar o‘yinining yana bir xususiyati — uning havaskorlik tarzida
bo‘lishidir (xususiy faoliyat). Bu uning tashqi belgilari bo‘lmay, balki
haqiqiy mohiyatidir. O‘yinning ijodkori, yaratuvchisi — bolalardir. Ular
o‘yinda o‘zlariga tanish bo‘lgan hayotiy voqea va hodisalarni ularga
bo‘lgan munosabatlarini aks yettiradilar.
Musiqali o‘yinlar: o‘yin bog‘cha yoshidagi bolalar ijodiy faoliyatining
eng faol shaklidir. O‘yinlarga mo‘lljallangan musiqa asarlarining badiiy
mazmuni, xarakteri va ifoda vositalari o‘yinning sujetiga mos tushishi
shart. O‘yinning sujeti esa bog‘cha hayotidan olingan bo‘lishi lozim. Unda
bolaning ijtimoiy hayot va tabiat bilan munosabati o‘z aksini topishi kerak.
Ayniqsa xalq bolalar o‘yinlari katta ahamiyatga ega.
Har xil bolalar o‘yin mashqlarida turli xil musiqalardan
foydalaniladi. Bolalar o‘zlari mashg‘ulotlarda o‘rgangan: «Musiqa
mashg‘ulotlari», «Konsert»larda raqsga tushadilar, ashula aytadilar.
Bunday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarga ro‘llarni bo‘lib beradi, har xil
musiqalarni topib beradi. Bolalar tariyasida musiqiy-didaktik o‘yinlar katta
rol o‘ynaydi. Ulardan ayrimlari mashg‘ulotlar vaqtida o‘rganiladi.
O‘yinlar musiqaviy qobiliyatni, fikrlashni oshiradi. Musiqa
yo’riqchisi
bolalarning
kundalik
hayotida
olgan
bilimlarini
mashg‘ulotlarda takrorlaydi, ularni yangi musiqiy-didaktik o‘yinlar bilan
tanishtirib boradi.
Musiqali
didaktik o’yin
turi yoki
o’yinda o’ynash
uchun olingan
rollar
O’yinda
tanlangan
rollarni ijro
etish vositasi
bo’lgan o’yinli
harakatlar
Musiqali
didaktik
o’yinda
muayyan
musiqali
asboblarni
tanlash
Musiqali
xarakatli o’yin
ishtirokchi-lari
o’rtasidagi real
muno-sabatlar
mazmuni
Shartli
ravishda
yaratilgan
musiqali
didaktik o’yin
syujeti
|