• MUSIQA O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH F.M.Aminov Tarix fanlari nomzodi Asadov Qandiyor Nusratovich
  • Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit s
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet195/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    REFERENCES 
    1.
    B.N.Oripov. Tasviriy san’atni o‘qitish uslubiyoti.O‘quv qo‘llanma. N., 2001.
    2.
    I.Yuldashev, I.Pulatov, M.Qurbonova“Tasviriy san'at asarlarini idrok etishda 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari”O‘quv uslubiy 
    qo‘llanma.
    3.
    Boymetov B, Abdirasilov S. Chizmatasvir. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari 
    uchun o‘quv qo‘llanma.T., 2004.


    346 
    4.
    Hasanov R. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar. 
    O‘quv qo‘llanma. 1,2 qismlar. – T:TDPU, 2006.
    5.
    B.Oripov. Tasviriy san’at va chizmachilik kabineti, sinfdan tashqari ishlar. Т., 
    1974.
    MUSIQA O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION 
    FAOLIYATGA TAYYORLASH 
    F.M.Aminov
    Tarix fanlari nomzodi
    Asadov Qandiyor Nusratovich 
    Buxoro Davlat Pedagogika Institutining II kurs 
    magistranti 
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada musiqa o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga 
    tayyorlash haqida ma’lumotlar berilgan. 
     
    Kalit s
    o‘
    zlar: 
    musiqa, musiqa saboqlari, estetik, konsert, konferensiya.
     
    Bola sog‘lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda 
    o‘qishga intilish hissini takomillashtirish bilan cheklanib bo‘lmaydi. Ular
    ongida kasb-hunar va mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish, 
    umummadaniy bilimlami, milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
    asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlami tarbiyalash bilan o‘z 
    vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga 
    nisbatan ongli munosabatda bo‘lish tuyg‘usini, huquqiy ongini tarbiyalash 
    lozim. 
    Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to‘garak qatnashchilarini 
    doimiy ravishda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlaridan 
    xabardor qilib turish, ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar 
    bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida 
    mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi shart. O‘quvchilar qaysi 
    to‘garakka qatnashishlaridan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar 
    to‘g‘risida boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. 
    Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilar qiziqishiga, hoxishiga 
    asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv tarbiya jarayonini 
    to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga 
    talablar qo‘yilishi kerak: 
    1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi. 
    2. Musiqiy estetik ta’lim. 
    3. Sayyoh yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga qatnashish. 
    4. Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha. 
    5. Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha. 


    347 
    6. O‘quvchilami ma’naviy, axloqiy yo‘nalish bo‘yicha. 
    7. Texnik ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha. 
    8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar. 
    9. Iqtisodiy ta’lim. 
    Maktabdan tashqari ta’ lim muassasalari oldida turgan muhim
    tarbiyaviy faoliyat musiqiy-estetik tarbiyadir. Yosh avlodga musiqiy-
    estetik ta’lim berish, avvalo, muassasada o‘tkaziladigan o‘quvchilar his-
    tuyg‘usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, to‘garak
    faoliyatida milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, urf-odatlar va 
    umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shu
    maqsadda o‘quvchilar uylari va saroylari, bolalar va o‘smirlar ijodiyot
    uylarida doirachilar, raqs, vokal-cholg‘u, folklor, maqom, karnay-
    surnaychilar, ashula va raqs, o‘zbek xalq cholg‘u dastalari, xor studiyasi, 
    qo‘g‘irchoq teatri, drama to‘garagi, san’atsevarlar klublari tashkil etiladi. 
    To‘garak a’zolari ushbu dasta, to‘garak va klublarda san’atni 
    sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go‘zallikni ko‘ra bilishga, shu 
    go‘zallik orqali o‘z ona yurtini ulug‘lashga, uning maftunkor tabiatini 
    asrab qolishga intiladi. 
    Musiqiy estetik yo‘nalish bo‘yicha tahsil olgan to‘garak a’zolari 
    quyidagilarni bilishi kerak: 
    - raqs san’ati namoyondalarining hayoti va ijodini; 
    - kuy tinglash, uning mohiyatini tushinib, raqs harakatlari orqali 
    ifodalashni; 
    - turli millat va elatlar mqslari harakatlarini, uni ijro etishni; 
    - doiraning yaratilish tarixini, uning keksa namoyondlari ijodiy 
    yo‘lini, doirani ushlash qoidalarini; 
    - cholg‘u asboblarini chalish paytida musiqa mazmunini qo‘l va 
    yuz harakatlari orqali ifodalash malakalarini; 
    - xor jamoalari birinchi o‘quv yilida qo‘shiq kuylashni va ijro 
    etish maxoratini, ovoz sozlash, musiqa jo‘rligisiz qo‘shiq va boshqa 
    asarlami hamda bir va ikki ovozda kuylashni; 
    - ikkinchi va undan keyingi o‘quv yilida to‘garak a’zolari uch va 
    to‘rt ovozlarda kuylashni, sahnada ijro etishni. 
    O‘quvchilarni musiqiy estetik ruxda tarbiyalashga asoslangan 
    ko‘nikma va malakalar quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: 
    - ommaviy kechalardan keng foydalanish, suhbatlar, turli 
    mushoiralar o‘tkazish; 
    - san’at namoyondalari bilan uchrashuvlar, konferensiyalar,
    «Navro‘z», «Qo‘shiq bayrami», «Raqs bayrami», ko‘rik-tanlovlar,
    «Folklor qo‘shiqlari bayrami», «Maqom kechasi» kabi turli tadbirlarni 
    o‘tkazish; 


    348 
    - muzey, teatr, konsert, me’morchilik obidalariga, tabiatning 
    go‘zal go‘shalariga sayohatlar uyushtirish va taassurotlarni yozib 
    borish; 
    - o‘quvchilarga estetik tarbiya berishda ijobiy munosabatga 
    asoslangan holda ulami boshqa turli tarbiyaviy shakl va uslublar bilan 
    birligini tashil etish. 
    Maktabdan tashqari muassasalarga qatnashadigan bolalar ham 
    o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, maktab musiqa hayotiga ulaming faol 
    qatnashuvini ta’min etish lozim. 
    O‘qituvchi musiqa darsini (bir soatlik) rejasini tuzganda maqsad, 
    vazifasini, mavzusini, turini va o‘qitish shakllarini, musiqiy faoliyatlarni va 
    ular mazmunida o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, qo‘llaniladigan 
    uslublar, texnologiyalarni aniqlab, so‘ng darsning senariysini yaratadi. 
    Darsning har bir faoliyati: musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa 
    savodi, ritmik harakatlar, musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish, o‘yinlar, 
    bir-biri bilan bog‘lanib, uzviylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunda 
    o‘quvchilarni darsga faol qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, 
    vositalar, metod va usullar qo‘llaniladi.
    Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar 
    deb hisoblash mumkin. Chunki uni o‘qituvchi o‘z individual ijodidan va 
    tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi.
    “Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning badiiy – 
    pedagogik g‘oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va 
    texnologiyalari ham o‘quvchilarda musiqaga, o‘quv materiallariga 
    qiziqishni o‘stirish, ularga musiqa san’ati va madaniyatining ma’naviy 
    mazmunini singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – 
    bularning hammasi o‘qituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli 
    hisoblanadi”.
    Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limning yangi 
    loyihasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoillariga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi 
    shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchilar 
    va o‘qituvchining hamkorligi o‘zaro muloqot, bir – biriga ko‘rsatadigan 
    ta’siri zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda 
    o‘quvchilar 
    bilan 
    hamkorlikda 
    ishlash 
    malakalari 
    shakllanadi. 
    O‘quvchilarning faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim 
    jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik 
    texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy 
    va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv 
    materialini o‘zlashtirishiga sharoit yaratadi.


    349 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish