• Annotatsiya
  • Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar ro‘yxati : 
    1. Aminov, A.S., Shukurov, A.R., & Mamurova, D.I. (2021). Problems Of 
    Developing The Most Important Didactic Tool For Activating The Learning Process Of 
    Students In The Educational Process. 
    International Journal of Progressive Sciences and 
    Technologies

    25
    (1), 156-159. 
    2. Aminov, A.S., Mamurova, D.I., & Shukurov, A.R. (2021, February). 
    ADDITIONAL AND DIDACTIC GAME TECHNOLOGIES ON THE TOPIC OF LOCAL 
    APPEARANCE. In 
    EConference Globe 
    (pp. 34-37). 
    3. Islomovna M.D., Ruziboevich S.A. SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL 
    BASES OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS IN DRAWING 
    ON THE BASIS OF COMPUTER ANIMATION MODELS //International Journal of 
    Psychosocial Rehabilitation. –2020. – Т. 24. – №. 4. 
    4. Шукуров, Аваз Рузибаевич, et al. "МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ 
    КОМПЬЮТЕРНЫХ ПРОГРАММ НА УРОКАХ РИСОВАНИЯ В СРЕДНЕЙ 
    ШКОЛЕ." 
    European science 
    2 (58) (2021): 47-50. 
     


    341 
    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ESTETIK 
    TARBIYANING MAQSADI 
    D.Yu. Ruziyev
    BUXDU Musiqiy ta’lim yo‘nalishi professori 
    D.E. Saidova
    BDPI Musiqa ta’limi va san’at kafedrasi 2-bosqich magistri
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqiy estetik 
    tarbiyalashda musiqaning o‘ziga xos o‘rni ifodalangan. Musiqaning inson hayotiga o‘zaro 
    ta’sirini hisobga olib, biz bolalarni musiqaga jalb qilish uchun ularni musiqa bilan imkon qadar 
    ertaroq tanishtirishimiz, bolalarga bu san’atning barcha go‘zalligi va xilma-xilligini ko‘rsatish 
    haqida g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak. 
    Kalit s
    o‘
    zlar: 
    musiqa, qo‘shiq, san’at, vokal, estetik, psixologik,fiziolog, temp, ritm, kuy, 
    o‘lchov, registr, dinamika, tasavvur 
    Bolalarda estetik tarbiyaning maqsadi estetik his-tuyg‘u va fikrlarni 
    rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, 
    deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan 
    chegaralanib qolmaydi, tarbiyalanuvchilarni go‘zallik va xunuklikni, 
    yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga 
    o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror 
    topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, 
    tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga 
    ta’sir o‘tkazadi. 3.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi 
    vosita sifatida. Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim jismoniy 
    va ongli tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish 
    uchun bolalarda to‘g‘ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil 
    etiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda go‘zallikni 
    tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay 
    olish va ularga ijodkorona yondashishga yo‘naltirilgandir. Estetik 
    tarbiyaning eng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu - musiqadir. Bu 
    maqsadlarga erishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy 
    musiqiyligini rivojlantirish kerak. MTT musiqa mashg‘ulotlarida 
    tarbiyalanuvchilar yosh psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish 
    Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining yosh psixologik 
    xususiyatlari. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari 
    bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: 3-4 yosh kichik maktabgacha 
    davri; 4-5 yosh kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr( o‘rta bog‘cha 
    yoshi); 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlariga 
    ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan 


    342 
    avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan alohida 
    maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha 
    yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, yegallab boradi. Bunda predmetlar 
    olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, 
    tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni yegallab olishi, faoliyat 
    motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli 
    kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. 
    Asosan, mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya 
    boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning 
    murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va 
    mehnat malakalari hosil qilish, nutqini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va 
    estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davridir. Mashxur 
    rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshdagi 
    davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter 
    hislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari 
    yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi 
    xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola 
    tabiatnining asosiy Qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz 
    faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki 
    faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab koladi. Mana shu 
    so‘zlardan bog‘cha yoshidagi bola tabiatning asosiy Qonuni bo‘lmish 
    serharakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq 
    ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Kattalar va 
    tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari, 
    kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha 
    boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola yendi o‘z gavdasini juda yaxshi 
    boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu 
    davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni 
    yegallashga nisbatan o‘zi bilganlarini mustahkamlashga yextiyoj sezadi. 
    O‘zi bilgan yertagini qayta-qayta yeshitish va bundan zerikmaslik shu 
    davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. Bog‘cha yoshdagi bolalar yextiyoji va 
    qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doyraga chiqish 
    extiyoji, munosabatda bo‘lish, o‘ynash extiyojlarinig mavjudligidir. 
    Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va 
    xaddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan 
    katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish yehtiyoji 
    tug‘iladi. Ular tor doyradan kengroq doyradagi munosabatlarga intila 
    boshladilar. Ular yendi qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa 
    bo‘lib o‘ynaydilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. 
    Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli yehtiyojlardan yana bir 
    uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib bola uni har tomonlama bilib 
    olishga intilishidir. Bog‘cha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik 


    343 
    jihatidan o‘sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi yehtiyoj 
    kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun 
    ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik xodisa 
    desa bo‘ladi. Musiqiy ta’lim–tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish 
    uchun uning psixologik asoslarini o‘rganish o‘ta muhimdir. U ruhiy tizim 
    xususiyatlarini ifodalash, milliy ruh holatlarini vujudga keltirish 
    imkoniyatiga ham yega. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa xos 
    bo‘lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg‘u holatlari va voqelikni in’ikos 
    yetish 
    imkoniyatlari 
    beqiyosligi 
    yaqqol 
    ko‘rinadi. 
    Milliy 
    ruh 
    xususiyatlarini musiqa vositalarida aks yettirish jarayonida xalq musiqiy 
    ijodi katta o‘rin tutadi.

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish