354
YANGI O‘ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI
YARATISHDA YOSHLARNING O‘RNI
Alayeva Zarnigor Maxmudovna
Buxoro davlat pedagogika institute Musiqa va
tasviriy san’at o‘qituvchisi
To‘xtayeva Mohigul Bahritdin qizi
Buxoro davlat pedagogika institute Musiqa
ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi Yangi O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan
yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida fikr yuritildi.
Kalit s
o‘
zlar:
madaniyat, ma’naviyat, salohiyat, metod, taraqqiyot, korrupsiya,
zamonaviy texnologiyalar, liderlik, fikrlash.
Dunyodagi har bir xalq yaratganning beqiyos mo‘jizasi
hisoblanadi. CHunki ularning har biri o‘zining tabiati, urf- odati, tili
va dini, milliy xarakteri hamda turmush tarzi bilan alohida ajralib
turadi. Shunday jannatmakon o‘lkalardan biri – yaratganning mehri
tushgan o‘zbek diyoridir.
O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bugun kelajagi buyuk davlat
fuqorosi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalamasdan, ularning siyosiy ongi,
madaniyati, ma’naviyati, bilimi, yaratuvchanlik salohiyatini yuksak
darajaga ko‘tarmay turib, taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi.
Yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati bo‘lib, mamlakat aholisining
64 foizini yoshlar, ya’ni 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Yangi
O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning, ayniqsa,
salohiyatli, bilimli, har sohada ilg‘or yoshlarning o‘rni beqiyosdir.
SHuning uchun ham yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol
qatlami sifatida e’tirof etib kelingan. Bugungi kunda kelajagimiz
bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash , har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib
yetishishida ta’lim tizimining poydevori, ildizi bo‘lgan maktabgacha
ta’lim tizimidan oliy ta’lim tizimiga qadar tub o‘zgarishlar, keng
imkoniyatlar, yuksak e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha
ta’lim bola rivojlanish davrining asosiy qismini tashkil etadi. Ya’ni
bola 5 yoshigacha bo‘lgan davrda bilim va ma’lumotlarning 70 foizini
o‘rganadi. Qiyosiy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, bog‘chada tahsil
olayotgan va olmayotgan bola o‘rtasida katta farq bor. Chunki,
maktabgacha ta’lim tizimida bolalar o‘zi tengi bolalar bilan birga
o‘yin o‘ynashadi, mashg‘ulotlarda qatnashishadi. Natijada jamoada
o‘zini erkin tutish, o‘z fikrini bemalol bayon eta olish qobiliyatlari va
rivojlanadi. Maktabgacha ta’limda tizim zamonaviy talablar asosida
355
rivojlanganki, bolalar bog‘cha yoshida harflarni o‘qish, sonlarni tanish
va ular orqali amallarni ham bemalol bajara oladilar. SHu bilan birga,
bog‘chada o‘tkaziladigan turli –tuman bayramlarda ham faol qatnashib
“Liderlik” qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar. Ammo maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisi bo‘lmagan bolada bunday qobiliyatlar kam uchraydi.
SHuning uchun ham har bir yosh avlodni bolalik chog‘idan unda
bilimi, shijoati, jamoada o‘z fikrini bemalol bayon eta olish ilg‘orlik
kabi xususiyat va qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida, bolalar oldin
maktabgacha ta’limda bilim olishi keyin esa maktab ta’limiga o‘tish
bosqichi yo‘lga qo‘yilgan.
Bola 7yoshida har qanday maktab topshiriqlarini, dars o‘tilish
metodlarini o‘zi mustaqil bajara oladigan darajada bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘ladi. SHularni inobatga olgan holda , 2020 –yilning
23 – sentabrida “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, 1-sinfga qabul 7 yoshdan etib belgilandi.
Oliy ta’lim muassasalariga keladigan bo‘lsak, bu borada ham
amalga oshirayotgan ishlar ko‘lami beqiyos. Jumladan, OTM larda
qabul kvotalarining kengaytirilayotgani, stipendiyalarni talabalar bilim
darajasiga qarab berilishi va ayniqsa, prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2021 – yil 9 – sentabrdagi PF 6309 sonli farmoniga
ko‘ra, respublika OTM larida tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab - quvvatlash to‘g‘risidagi farmoni
buning yaqqol dalilidir. Chunki, rag‘batlantirish yuqori bo‘lgan joyda
o‘sish sur’ati va raqobat ham kuchli bo‘ladi. Raqobat bo‘lgan yerda esa
doimo yuksalish va rivojlanish bo‘laveradi. Shu o‘rinda bir narsaga
e’tibor qaratish kerakki, yuksalishga, taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan
shunday illat bor. Bu oliy ta’lim tizimidagi - korrupsiyadir. OTMlarda
kridit modul va hemis dasturiga o‘tilishi o‘qituvchi va talabalarga
ko‘pgina qulayliklar yaratishi, talabalarga hozirgi zamon talabi bo‘lgan
zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirishi bilan
birga, korrupsiya ildiziga ham bolta urmoqda.
Yoshlarni vatan uchun fidoiy , jonkuyar , intiluvchan shaxs
sifatida voyaga yetishida san’at va sport sohalarining ayniqsa, o‘rni
beqiyosdir. Hech narsa mamlakatni san’at va sportchalik dunyoga tez
tanita olmaydi. Darhaqiqat bugun yoshlar jahon arenalarida o‘z kuch
– g‘ayratlarini namoyish etib, vatanimiz nomini, unung jozibador
madhiyasi va bayrog‘ining jahon maydonlarida tantanavor namoyish
etilishi jarayonida kishida quvonch va iftixor tuyg‘usi jo‘sh uradi. Va
bularning yorqin namunasi sifatida avgust va sentabr oylarida
Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 21 ta oltin,
24 ta kumush va 25 ta bronza jami 70 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
356
Mamlakatimiz oltin medallari bo‘yicha 5- o‘rinni egallagani ham
O‘zbek sporti tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi.
“Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va
obro‘ - e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shgan sportchilarimiz bilan
faxrlanamiz. SHu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan
chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz
kerak”, - deydi , prezidentimiz joriy yilning 5-martida “Jismoniy tarbiya
va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qabul qilingan farmonida. Bu farmonda
joylardagi bo‘sh turgan xususiy obyektlar negizida alolini ommaviy
sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sport
markazlari tashkil qilindi . Bularning barchasini negizida “Farzandlari
sog‘lom yurt qudratli bo‘lur , qudratli elning farzandlari sog‘lom
bo‘lur” degan g‘oya sport sohasidagi yutuqlar uchun dasturamal
bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aholining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini, madaniy
salohiyatini oshirishda va yuksaltirishda ularni milliy va ma’naviy
me’rosimiz bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi, musiqa san’ati, adabiyot,
haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, tasviriy san’at kabi sohalarning o‘rni
beqiyosdir. Ularning bu sohadagi qiziqish, qobiliyat, salohiyatini
ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Mamlakatimizda san’at va madaniyat sohasini qadimiy
san’atimiz durdonalarini yo‘qotmagan holda yuksaltirish, yosh
avlodimizni milliy qadriyatlar, ona vatanga mehr – muhabbat ruhida
tarbiyalash maqsadida qator yangiliklar, qaror va farmonlar qabul
qilindi .
Jumladan: O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at
sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017 –
2021 yillarga mo‘ljallangan chora – tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va
samaradorligini oshirish borasidagi qononchilikni takomillashtirish.
Jumladan, teatr va muzeylar faoliyatini takomillashtirish hamda
moddiy – texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora
– tadbirlar ishlab chiqish va aholining har bir qatlami madaniyat va
san’at sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida muzeylarda
haftada bir kun “Ochiq eshiklar kuni” etib belgilangan. Ya’ni bu
kunda muzeylar bepul faoliyat yurutishi ko‘zda tutilgan.
|