|
Mavzu: № 9 Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar to‘g‘risida asosiy tushuncha va ta’riflar
|
bet | 11/22 | Sana | 20.08.2024 | Hajmi | 2,14 Mb. | | #269684 |
Bog'liq Majmua O\'zb O\'tkinchi jarayonlar 2023-2024Mavzu: № 9 Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar to‘g‘risida asosiy tushuncha va ta’riflar.
Reja:
Energosistema xaqida umumiy ma’lumot;
Energomexanik o‘tkinchi jarayonlarni sodir bo‘lishi;
Barqarorlikni buzilishi.
Ushbu kursda elektr sistemalardagi sistemaning ish sharoitlarini o‘zgarganda sodir bo‘ladigan jarayonlar, ya’ni o‘tkinchi jarayonlar o‘rganiladi.
Biz bilamizki, energosistema deb elektr energiya ishlab chiqiladigan, o‘zgartiriladigan, uzatiladigan va iste’mol qilinadigan elektroenergetika sistemasining shartli ravishda ajratilgan qismi tushiniladi.
Elektr sistemasi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin:
Kuch elementlari – Elektro energiyani ishlab chiqaruvchi (generatorlar) o‘zgartiruvchi (transformatorlar) uzatuvchi va tarqatuvchi (havo liniyalari tarmoqlar) va iste’mol qiluvchi (yuklama);
Boshqaruv elementlari – sistemani holatini o‘zgartiruvchi va rostlovchi (sinxron mashinalarni ko‘zg‘atishini rostlagichlar, chastota rostlagichlari, rele, viklyuchatellar va h.k.)
Elektr tizimlari ishlarini o‘rganish vaqtida sistemaning asosiy funksiyalari bo‘lgan elektr jarayonlarni emas, balki sistema elementlaridagi mexanik jarayonlarni, ya’ni birlamchi dvigatel(turbina)lardagi, ularni avtomatik rostlagichlaridagi jarayonlarni, sistema tarmoqlaridan olinayotgan energiya,mexanik energiyaga olinayotgan yuklama dvigatellaridagi jarayonlar ko‘riladi. Demak, energosistemadagi elektromexanik jarayonlari o‘rganiladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, sistemada sodir bo‘ladigan jarayonlar uning elementlarida sodir bo‘ladigan jarayonlardan farq qilishi mumkin. Elektr sistemalar rejimi barqaror yoki o‘tkinchi (barqaror bo‘lmagan) bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bir elektr sistemasining parametrlari barqaror rejimda doimiy bo‘lmaydi, ular uzluksiz o‘zgarib turadi, lekin bu o‘zgarishlar o‘rtacha qiymatdan katta bo‘lmagan qiymatlarda o‘zgarganligi sababli, rejimni barqaror deb qabul qilsa bo‘ladi.
Ushbu o‘quv kursini o‘rganish davomida asosiy e’tibor normal va avariyali (halokatli) elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarga qaratiladi.
Normal o‘tkinchi jarayonlar sistemani ishlatish jarayonida kuzatiladi. Ular asosan sistemani nagruzkasi o‘zgarganda va ularga rostlash jihozlarini ta’siri vaqtida sodir bo‘ladi. YA’ni transformator va liniyalarni qo‘shish va ajratish alohida generatorlarni va yuklamalari qo‘shish va ajratish yoki ularni quvvatlarini o‘zgarishi vaqtida sodir bo‘lishi mumkin. Sistemani normal eksplutatsiya qilish davrida hamma vaqt kichik o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi. Bu kichik o‘zgarishlar sistemani barqarorligiga ta’sir etmasligi kerak. Bu kichik o‘zgarishlarda sistema barqarorligi saqlanishi kerak. Boshqacha qilib aytganda sistemaning statik barqarorligi saqlanishi kerak.
Normal holatlarni buzilishi vaqtida, ya’ni avariya holatlarida (katta quvvatga ega bo‘lgan generator yoki liniyalarni o‘zib qolishida)sistemaning barqarorligi buziladi. Bu xolatlar rejim parametrlarini sezilarli o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Bu katta o‘zgarishlarga,barqarorliklarni buzilishiga nisbatan sistemaning dinamik barqarorligi degan tushunchani kiritiladi.
|
| |