Mavzu: № 6. Tusatdan buzilishlarning boshlang‘ich laxzasi.
O‘tkinchi va o‘ta o‘tkinchi qarshiliklar va E.YU.K.
REJA:
Davriy va nodavriy tashkil etuvchilar haqida ma’lumot.
Dvigatelli yuklamalarni tavsiflari haqida tushuncha.
Adabietlar.
Sinxron mashina uchun o‘tkinchi jaraenning boshlang‘ich moment shartlari, sinusoidal kuchlanish bilan ta’minlanaetgan trans-formator singari bo‘ladi:
Davriy tashkil etuvchisi (rotor oqimi) bilan keltirilayotgan E.YU.K. ta’sirida vujudga keladi.
Nodavriy tashkil etuvchisi (stator oqimining) o‘zgarishi bilan vujudga keladi.
Bu tashkil etuvchilarni hisobga olgan holda, qabul qilingan quyidagi punktlarni hisobini kurib chiqamiz.
a) Stator tokining bo‘ylama tashkil etuvchisini musbat deb qabul kilamiz va stator tokining bo‘ylama tashkil etuvchisi bilan hosil qilinayotgan magnitlovchi kuchi yunalishi, qo‘zg‘atish toki bilan hosil qilinaetgan magnitlovchi kuchi yunalishi bilan ustma-ust tushadi.
b) Stator tokining ko‘ndalang tashkil etuvchisi ta’sirida hosil qilinayotgan magnitlovchi kuch qo‘zg‘atish tokining magnitlovchi kuchiga nisbatan 90 0 orkada bo‘lgan holda stator tokining ko‘ndalang tashkil etuvchisini musbat deb qabul kilamiz. Agarda rotorda ko‘ndalang kontur bo‘lsa, uning magnit o‘qi yunalishi musbat deb qabul qilinadi. Bu holda hosil bo‘lgan ko‘ndalang E.YU.K. quyidagi formula bilan aniqlanadi:
E1 q = E q – j I d = Uq + j I d = Uq + jId x1d (4.1)
Bu formuladagi bo‘ylama o‘tkinchi reaktivlik X1d quyidagi formula bilan aniqlanadi.
X1d= (4.2)
Bu erda Xad – stator reaksiyasining bo‘ylama qarshiligi.
X bf - qo‘zg‘atish chulg‘amining yoyilishi qarshiligi.
X1d - mashinaning asosiy ko‘rsatkichlaridan bo‘lib mashinani ish-lab chiqargan zavod tomonidan pasport ma’lumotlariga ko‘rsatil-gan bo‘ladi.
O‘tkinchi E.YU.K. boshlang‘ich qiymati E q (o) ham (5.1) formuladan aniqlanadi, faqatgina formulaga, rejim buzilmasdan oldingi dastlabki rejimda ko‘ndalang E.YU.K. E qo va bo‘ylama tokning
I do qiymatlari kiritiladi. Ko‘ndalang o‘tkinchi E.YU.K.ning E1q
Qiymatini umumiy holda ulchab bo‘lmaydi. SHuning uchun bu E.YU.K.ni ko‘pincha hisobiy yoki shartli deb qabul qilingan.
(5.1) va (5.2) formulalarga qo‘zg‘atish chulg‘amining yoyilish koef-fitsientini kiritib ularni quyidagi ko‘rinishga olib kelish mumkin.
E1q = Eq-jId Eaq (6.3)
yoki
(6.4)
E`q1 va X`d qiymatlarini qo‘zg‘atish chulg‘amida yoyilishni
ko‘rinishi hamda, magnit oqimining ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha tinchlantiruvchi chulg‘ami bo‘lgan rotorli mashinada tarkalishi
(6.1)–rasmda ko‘rsatilgan. Tinchlantiruvchi chulg‘am sinxron mashinada o‘tkinchi holatlarida ishlaganda hosil bo‘ladigan rotoring tebranishini tezrok to‘xtatishiga yordam beradi.
E - xavo oralig‘idagi ko‘ndalang E.YU.K.
Qo‘zg‘atish chulg‘amining yoyilish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
(5.4) Ifodaning stro‘qtura ko‘rinishidan shuni xulosa qilish mumkinki, bunday bo‘ylama o‘tkinchi reaktivlik qisqa tutashtirilgan
qo‘zg‘atish chulg‘amidagi stator chulg‘amining natijaviy reaktivli-gini mashinaning umumiy yoyilish koeffitsienti bilan ifodalash mumkin. Bu holda bu bo‘ylama o‘tkinchi reaktivlik quyidagicha aniqlanadi.
(6.5)
Bu formuladagi umumiy yoyilish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi.
(6.6)
Agarda rotorning ko‘ndalang o‘qida yopik konturlar mavjud bo‘lmasa, stator ko‘ndalang reaksiya oqimi o‘tkinchi jarayon davomida tez-tez o‘zgarib turadi. SHuning uchun statorning ko‘ndalang reaksiyasini kutilmagan holda o‘zgarishini Xad reaktivligidagi
Iq tokiga nisbatan kuchlanish tushishi deb karasak ham bo‘ladi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, bu turdagi mashinalarda, o‘tkinchi bo‘ylama
E.YU.K. nolga teng va o‘tkinchi ko‘ndalang reaktivlik dastlabki rejim ko‘ndalang reaktivligiga tengdir.
va
Sanoat korxonalarida asosiy yuklama sifatida qo‘llaniladigan asinxron dvigatellarda sodir bo‘ladigan O‘tkinchi jarayonlarni karaydigan bo‘lsak, normal ishchi holatda uning sirpanishi 2-5 % foizni tashkil etadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sirpalanish qiymati juda kichik bo‘lgan asinxron dvigatelda o‘tkinchi jarayon vaqtida qo‘zg‘atilmagan sinxron dvigatelga o‘xshaydi. Asinxron dvigatelning o‘ta o‘tkinchi reaktivligi deganda qisqa tutashuvning reaktivligi deb tushuniladi, ya’ni dvigatel tormozlangan vaqtida sirpalanish
S =100% bo‘lgandagi holat tushuniladi. Bu ko‘rsatkichning nisbiy qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin.
ish tush
Bu erda I ish tush.- Dvigatelning nisbiy ishga tushirish toki ya’ni
(reostatsiz) ishga tushirilganda dvigatel tipiga va quvvatiga bog‘liq holda o‘ta o‘tkinchi reaktivlik qiymati quyidagi chegaraga bo‘ladi.
O‘ta o‘tkinchi E.YU.K. E``(0) ning qiymati dastlabki rejim ko‘rsat-kichlariga bog‘liq holda (6.1) rasmdagi vektor diagrammaga ko‘rsatilgandek quyidagicha aniqlanadi.
(6.9)
E``o ni kiymati takriban kuyidagicha tengdir. (6.10)
Kaerda Uo, Io va o - tok vakuchlanish orasidagi siljish burchagi.
Asinxron dvigatel nominal yuklangan holatida cos o = 0,8 bo‘lganda, x ``= 0,2 hamda E ``0 = 0,9 teng bo‘ladi.
Boshlang‘ich rejimning buzilish vaqtida asinxron dvigatel qo‘zg‘atilmagan sinxron dvigatelga o‘xshaydi. Bu holda E.YU.K. E ``0 va tarmoq kuchlanishi o‘zgarishi kuzatiladi, va E ``0 > U(0) bo‘ladi.
Murakkab sxemalarda utkincha jarayonlarni kuzatish juda kiyin, amaliy jixatdan esa buni bajarib bo‘lmaydi, chunki buni bajarish uchun sxemada katnashayotgan hamma dvigatellar haqida ma’lumot bo‘lishi, ularning ulanish sxemasi va ish rejimlari haqida ma’lumot bo‘lishi kerak.
SHuning uchun o‘tkinchi jarayon boshlang‘ich mometini hisoblashda asosan ish rejimlarga ta’sir etuvchi yuqori quvvatli dvigatellarni olib karaladi. Kolgan turdagi yuklamalar esa tizimning yirik tugunlarining umumlashgan yuklamasi sifatida karaladi. Keltirilgan muloxazalardan so‘ng o‘ta o‘tkinchi E.YU.K. va reaktivlik nisbiy qiymati yuklamaning tula ish quvvat va nominal kuchlanish pogonasida quyidagi qiymatlar qabul qilingan.
X``yuklama = 0,35 va E`` yuklama = 0,85.
|