O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti




Download 2,14 Mb.
bet3/22
Sana20.08.2024
Hajmi2,14 Mb.
#269684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Majmua O\'zb O\'tkinchi jarayonlar 2023-2024

Sinov savollari.


  1. Elektromagnitli O‘tkinchi jarayonlar haqida tushincha bering?

  2. O‘tkinchi jarayonlar necha guruhga bo‘linadi va ular kaysilar?

  3. Qisqa tutashuvga ta’rif bering?

  4. Qisqa tutashuv turlari va hosil bo‘lish savollari to‘g‘risida ma’lumot bering?

  5. Metalli qisqa tutashuvni hosil bo‘lish sabablari?

  6. Elektrodinamik turg‘unlik nima?

  7. Elektroenergetika mo‘taxassislari oldiga quyilgan talablar nimalardan iborat?

  8. Murakkab va oddiy qisqa tutashuvni kanday ta’riflash mumkin?

  9. Elektr energiyaning isrof bo‘lish sabablari nimada?

  10. Elektromagnitli O‘tkinchi jarayoni kanday ta’riflanadi.



Mavzu № 2: O‘tish jarayonlarni keltiradigan sabablari va ularning oqibatlari.

Reja:


  1. O‘tkinchi jarayonlarni tasnifi.

  2. O‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lish sabablari.

Tayanch so‘zlar: Hisobiy shartlar: hisobiy sxema: asosiy hisoblash taxminlar.
Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga asosiy sabablardan biri qisqa tutashuv hisoblanadi. O‘tkinchi jarayonlar asosan quyidagi ketma-ketliklar sababli vujudga kelishi mumkin va ular quyidagilardir: elektr qurilmalarni izolyasiyasini eskirishi buzilishi, himoyalovchi materiallarni izolyasiyasini eskirishi, o‘ta kuchlanishlar natijasi, elektr qurilmalarni reja bo‘yicha o‘z vaqtida tekshirib turilmasligi ya’ni Mexanik sabablar natijasida. Masalan: Er qazish ishlarini bajarishda kabel tarmoqlarini himoya kobiklarini buzilishi va boshqalar. Amaliyotda kuzatilishi bo‘yicha esa tok o‘tuvchi qismlarga xayvonlar va kushlarni tegib ketishi natijasida qisqa tutashuvlar sabab bo‘lishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda esa qisqartirilgan elektr sxemalar pasaytiruvchi podstansiyalarni qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshirildi. Bu pasaytiruvchi podstansiyalarni yuqori kuchlanish tomoniga qo‘shib ajratgich quyilmaydi, chunki bu podstansiyani sarf xarajatlarini kamaytiradi.
Transformatorning o‘zida kandaydir sabablarga ko‘ra ichki buzilishlar sodir bo‘lsa, aslida bu holat amalda juda kam uchraydi. Mazkur iste’molchini liniya boshida o‘rnatilgan vklyuchatellar elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi. Vklyuchatellarni ishlashi uchun esa ma’lum mikdorda qisqa tutashuv toki hosil bo‘lishi kerak. SHu maqsadda transformator oldida su’niy qisqa tutashuv hosil qilish uchun maxsus apparat hisoblangan qisqa tutashtirgich o‘rnatiladi. Liniya ajratilgandan so‘ng qisqa tutashtirgich avtomatik ravishda uzgich yordamida ajraladi. Avtomatik qayta ulash qurilmasini ta’siriga ko‘ra qo‘shib ajratgich yordamida liniya qayta ulanadi.
Elektr sistemasida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv, yuklanishlar, o‘zilishlarni umumiy sonini urtacha qiymatlari xavoyi uzatish va kabel liniyalari uchun 44,5 %. Elektr stansiyalari va podstansiyalar uchun 55, 5 % li tashkil etadi. Elektr iste’molchilari betuxtov elektr energiya bilan ta’minlashda ko‘zda tutib, unda elektroenergetika mo‘taxassislari oldiga quyidagi talablarni saqlash asosiy masala hisoblanadi.
1. Birinchi navbatda elektr qurilmalarni to‘g‘ri ishlatish qoidalariga rioya qilishlari shart.
2. Elektrotexnik qurilmalari ishlab chiqariladigan zavoddan ishlab chiqariladigan qurilmalarni ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlovchi apparatlar, yuqori sifatli elektr himoya qurilmalar ularni konstro‘qtiv tuzilishlariga e’tibor berilishi shart.
Kuchlanishning keskin kamayishi asosan qisqa tutashuv nuqtasida va tarmoqning boshqa nuqtalariga ham ko‘rinarli ta’sirga ega bo‘lib avtomatik qo‘zg‘atishni rostlash qurilmasini tez ta’siriga ko‘ra tezda normal holatiga tiklanadi.
Qisqa tutashuv toki generatorning nominal tokidan kam bo‘lsa ham avariya hosil bo‘lgan shoxobchaga nominal tokning qiymatidan ortib ketishi kuzatiladi. SHu sababli qisqa tutashuv toklarni okishi natijasida tok o‘tkazuvchi qismlarni qo‘shimcha qizishiga olib keladi. Bundan tashqari issiqlik ta’sirida qisqa tutashuv toklar o‘tkazgichlar orasida katta Mexanik kuchlar hosil kiladi. Bu kuchlar ta’sirida o‘tkazgichlarni qancha mustahkam o‘rnatilishiga karamay buzilishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanish kamayishi natijasida simmetrik holat buziladi bo‘ylama nosimmetriya hosil bo‘ladi va iste’molchilarni ish holatiga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan kuzatiladi. Kuchlanish 30-40 % foiz kamayishi natijasida sanoat korxonalardagi elektr dvigatellarni ish rejimi buzilib ma’lum vaqt to‘xtab qolishi kuzatilib xalq xo‘jaligida katta ziyon etkazishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari elektr dvigatellarni to‘xtab qolishi natijasida elektr sistemasini statik turg‘unligini buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida qisqa muddatli elektr energiyasini uzatilishiga ta’sir ko‘rsatib boshqa iste’molchilarni elektr energiyasiz qolishi bilan kuzatiladi. Ba’zida er bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lishi natijasida sistemada tenglik yo‘qoladi. Toklarning qiymati turlicha bo‘lishi bilan bir qatorda magnit oqimlar hosil bo‘lishi natijasida, E.YU.K. hosil bo‘lib ishchi xizmatchilar hamda liniya elementlari uchun xavfli vaziyat tug‘diradi elektr sistemani turg‘un holati buziladi.
Elektr qurilma va sistema elementlarini loyihalashda hamda texnik masalalarni echishda asosan elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash asosiy urinni egallaydi. Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarini hisoblashda asosan tok va kuchlanishlarni belgilangan qiymatlari asosida olib boriladi va ular quyidagilardir:
a) Tanlangan elektr sxemasiga qo‘yilgan baxo va uni tanlash.
b) Avariya holatida iste’molchilarni ish shartiga ta’siri va uni tahlil qilish.
v) Qisqa tutashuv holatida tanlagan apparatlarni o‘tkazgichlarni ishchi holatida tekshirish.
g) Rele himoya va avtomatika qurilmalarini loyihalash va o‘rnatish.
d) Elektr uzatish liniyalarni aloqa simlariga ta’sirini aniqlash.
e) Himoyaviy erga ulash qurilmasini loyihalash va tekshirish.
j) Kuchlanish oshishidan himoyalash maqsadida razryadniklarni tav-sifini tanlash.
z) Sinxron mashinalarda magnit maydonini sundirish qurilmasi parametrlarni aniqlash va baholash.
i) Sinxron mashinani qo‘zg‘atish tizimini baholash.
k) Turli xil tekshiruv ishlarini o‘tqazish.
l) Bo‘lib utgan avariyalarni analiz qilish.
O‘tkinchi jarayonlarni hisoblashda asosan xaqiqiy shartlarni hisobga olgan holda hisoblash ishlarini aniq bajarish zarur. CHunki qisqa tutashuv natijasida tanlangan apparatlar turg‘unlik holatini saqlashi lozim bo‘ladi.
YUqorida kayd qilingan bandlarni hisoblari natijasida qisqa tutashuvga ta’llo‘qli bo‘lgan quyidagi parametrlar aniqlanadi.
Qisqa tutashuvning zarba toki.
Qisqa tutashuvning eng katta oniy qiymati.
Qisqa tutashuvning eng katta ta’sir etuvchi qiymati.
Qisqa tutashuvning tokining karraligi.
Qisqa tutashuv nisbati.
Qisqa tutashuv davomiyligi va boshqalar.
Asosiy taxminlar (quyimlar).
Elektr magnit O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash juda murakkab bo‘lib amalda bajarila olmaydi. Bu jarayonni amaliy jixatdan hisoblash, ya’ni tok va kuchlanishlarni aniqlashda quyidagi asosiy taxminlarga ruxsat etiladi:
a) Magnit tizimining yo‘qligi. Bu taxmin sxemani qarshiliklarni chizikli ko‘rinishga olib keladi, sxemadagi turg‘unlashgan va o‘tkinchi jarayonlarni kuzatishni osonlashtiradi.
b) Transformator va avtotransformatorlarda magnitlash tokining e’tiborga olinmasligi. (CHulg‘am U/U0 sxema bo‘yicha ulangan uch o‘zakli transformatorlar bundan mustasno).
v) Uch fazali tizimning nosimmetriyaligi e’tiborga olinmaydi.
Bu shart hamma elementlar uchun bajarilgan bo‘lib, faqatgina ayrim elementlarning shikastlanganligi natijasida nosimmetriya vujudga keladi.
g) Elektr uzatish liniyalarning sigimiy o‘tkazuvchanligi hisobga olinmaydi.
d) O‘tkinchi jarayon xarakteriga bog‘liq holda yuklamalar takriban hisobga olinadi.
e) Liniyalarning aktiv qarshiligi hisobga olinmaydi. Bu taxmin past kuchlanishli tarmoqlar va kabelli uzatish liniyalarga taallo‘qli emas.
j) Sinxron mashinalarda tebranish yo‘qligida bu taxmin uncha xatolik kiritmaydi. Bu holda O‘tkinchi jarayoni 0,1 – 0,2 sekund davomi-da bo‘lishi mumkin.
Qisqa tutashuv toklarni hisoblarining aniqlik darajasi hisoblarning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Sxemalarni ulanishlari va qisqa tutashuv toklarni cheklovchi qurilmalarni tanlash, apparatura va tok o‘tkazuvchi qismlarni tekshirish maqsadida hisoblarida taxminiy hisoblashlar o‘tqazish mumkin.
Tanlangan qurilmalarini qisqa tutashuv paytida ishlash shartlarga tekshirib kurish.
Ishchi holatida tanlangan sim va kabel ko‘ndalang kesim yuzalarinig qisqa tutashuv paytida bardosh bera olishini hisobga olish.
Bu maqsadda quyidagi chora – tadbirlar qo‘llanilishi mumkin: himoyalarning ta’sir vaqtini kamaytirish, ta’minlovchi liniyalar va bog‘lovchi liniyalarni imkoniyati boricha ko‘paytirish, reaktorlar va boshqa turdagi himoya vositalaridan imkoniyati boricha tula va unumli foydalanish maqsadga muvofik hisoblanadi. Bundan tashqari tanlanadigan barcha apparatlar va o‘tkazgichlar bo‘yicha tanlanadigan shartlariga tula rioya qilinishi shart.
Generatorlar va sinxron kompensatorlar kuchlanishni avtomatik rostlovchi uskunalar bilan ta’minlangan deb qabul qilinadi.

Download 2,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti

Download 2,14 Mb.