• Matematika o’qitish metodikasi” fanidan KURS ISHI Mavzu: Miqdorlarning nisbiy bog’liqligiga doir masalalar ustida ishlash Bajardi
  • KIRISH ...............................................................................................................3
  • 2.BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI STATISTIK KO’RSATKICHLAR MOHIYATI VA TURLARINI O’RGATISH METODIKASI
  • XULOSA ..............................................................................................................29
  • Kurs ishining ob’ekti.
  • Kurs ishining tuzilishi.
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavriat yo’nalishi tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim




    Download 75.74 Kb.
    bet1/8
    Sana06.10.2023
    Hajmi75.74 Kb.
    #87083
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    boshlang\'ich matem
    4-BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI, Reference-314221100554, 6, Mavzu Mulohazalar va ular ustida amallar. Predikatlar, kvantorl-fayllar.org, report-1, Mavzu Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati. Genetika, 1-Лекция, 80048, Nodirbek, XNqMTwqktdVcI3HLwWEAg to6j0FaJGl (1), разработка тем

    O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    SIRTQI BO’LIM “BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI BAKALAVRIAT YO’NALISHI
    TABIIY VA ANIQ FANLARDA MASOFAVIY TA’LIM KAFEDRASI

    Matematika o’qitish metodikasi” fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Miqdorlarning nisbiy bog’liqligiga doir masalalar ustida ishlash


    Bajardi


    Ilmiy rahbar PhD Alimov Hakim

    Jizzax-2023
    REJA (MUNDARIJA)
    KIRISH ...............................................................................................................3
    1.BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MIQDORLARNING NISBIY BOG’LIQLIGINI O’RGATISH METODIKASI
    1.1.Miqdorlar mavzusini o’qitish metodikasi.........................................................7
    1.2.Sonlarda nisbiy bog’liqlikni o’rganish ............................................................15
    2.BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI STATISTIK KO’RSATKICHLAR MOHIYATI VA TURLARINI O’RGATISH METODIKASI
    2.1.Mutloq miqdorlar, va ularning turlari va o’lchov birliklari ...........................17
    2.2. Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning ifodalanishi ...................21
    2.3.Nisbiy miqdorlar turlari va ularni hisoblash tartibi...........................................25
    XULOSA ..............................................................................................................29
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO’YXATI.........................................................................................................31

    KIRISH


    Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi. Hozirgi davrda yangilanayotgan talim tizimida yakuniy natija, bevosita talimtarbiya jarayonini amalga oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqalaveradi. Talim zimmasiga qo’yilayotgan ulkan vazifalar esa talim berishga munosabatni, yondoshuvni o’zgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va yondoshuvni o’zida mujassam etishi lozim bo’lgan yangi pedagogik texnologiya xususida bir qancha maqsadlar elon qilindi. Shu sababli ham birinchi navbatda umumtalim maktablarida talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasini kiritish g’oyasi kun tartibi qo’yildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim. O’qituvchining kasb mahorati, quruq andozalardan kechib, davr talablari darajasida ishlay olishi, ma’naviy yetuklik darajasi xalq ta’limi oldiga ulkan vazifalarni hal etishda yordam beradi. Har tomonlama ma’naviy etuk shaxs vatanimiz istiqloli mohiyatini chuqur his etadi, uni mustahkamlash, Vatan millati shuhratini olamga etish uchun bor kuch va bilimini ishga soladi. O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to’g’risidаgi1, kеlаjаk yosh аvlоd qo’lidа ekаnligi ular bir necha jihatga ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi, ya`ni: “ - o`z haq-huquqini taniydigan bo`lsin, buning uchun kurashsin; - o`z kuchi va 5 inkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko`rsin…”. degan fikrlarni aytib o`tgan Ayniqsa, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi dars samaradorligini oshirish ustida tinimsiz ishlashi, o’quvchilardagi qobilyat: layoqat nishonalarini va uni o’stirish yo’llarini izlash zurur deb o’ylayman. Bizning fikrimizcha, boshlang’ich sinfdan boshlaboq o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, yangiliklar yaratishga o’rgatish lozim. Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan har bir fanlarni hayot bilan bog’liq, hayotiy muammolarni yechishga o’rgatadigan bo’lsa, o’quvchida ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi. Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi2 “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta`lim-tarbiya bo`yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur”. Uchunchi sinf darsliklarda shunday misol, masala va topshiriqlarni uchratish mumkinki u bevosta o’quvchilarni ijodkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik xislatlarini tarbiya topishida bevosita xizmat qiladi. Har xil metodlar orqali misol, masala va topshiriqlarni yechish o’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqishlarini ortiradi. O’quvchilar bu masalalarning mohiyatini tushunib etish orqali ularda ijodkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va tejamkorlik xislatlari shakllanadi. Uchunchi sinf matematika darslarida matematik metodlardan o`rinli foydalanish o’quvchilar mantiqiy tafakkuri va hisoblash madaniyatini o’stirish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika darslarida ko’pgina asosiy metodlarni kiritish ko’rgazmali va qiziqarli tarzda bayon etilishni ta`minlaydi, o’qitish mazmuni va ketma-ketligi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko’rgazmali bayon etishda ularning qo’llanilishi, uchinchidan, mashq va misollar va ularni yechishda o’quvchilarda fanga bo’lgan qiliqishlarning oshirish zarur imkoniyat va sharoitlar paydo bo’ladi. Shuning uchun boshlang’ich sinflar matematika darslarida turli matematik metodlar asosida qiziqarli misol va masalar yechish, turli o’yinlarni tashkil etish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu Kurs ishi boshlang’ich sinflarda matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodlari” mavzusida bo’lib, unda uchunchi sinf matematika darsligi tahlil qilinib, darslikdagi misol va masalalarni o’quvchilarga turli interfaol metodlar orqali tushuntirish masalasi batafsil yoriltilgan. Kurs ishining maqsadi. Uchunchi sinf matematika darsligi bilan tanishib chiqish, o’rganish va ularni tahlil qilish. Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. 3-sinf matematika darslarida matematik metodlar yordamida o’quvchilar qiziqishlarini oshirish usullarini o’rganish bo’yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlar va manbalarni o’rganish asosida o’quvchilar qiziqishlarini o’stirish va ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarni hisoblash hamda mantiqiy fikrlash usullariga o’rgatish uslubiyatini ishlab chiqish; 2. 3- sinf matematika darslarida arifmetik amallar va ularning xossalarini o’rganish jarayonida matematik metodlarni qo`llab mashqlar va misollardan foydalanish asosida o’quvchilarning qiziqishlarini va ko’nikmalarini tarkib toptirish texnologiyalariga doir tasavvurlarni yaratish; 3. Arifmetik amallar turli konsentrlarda o’rganilish metodikasini ochish asosida ularda turli didaktik o’quv vositalari va qiziqarli mashqlar majmualaridan samarali foydalanish asosida o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarini puxta egallashlariga imkon beruvchi tafakkurini o’stirish usullarini sistemalashtirish va ularni amalda qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish.3 Kurs ishining ob’ekti. Uchunchi sinf matematikasiga oid o’quv materiali mazmuni, o’qitish metodikasi va uni o’zlashtirish jarayonlari. Kurs ishining Uchunchi sinf matematikasiga oid o’quv materialini o’rganishda texnologik yondashuvga asoslangan usullarini topish. Uchunchi sinf matematikasini yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonlarini tadbiq qilish. Ilmiy tadqiqot metodlari Ishda quyidagi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi: 1. 3-sinf matematika darsligi, ilmiy uslubiy adabiyotlar va manbalar, vaqtli pedagogik matbuotda, Internet saytlarida (masalan, ziyonet.uz da) malakaviy bitiruv ishi mavzusiga tegishli ma’lumotlarni o’rganish va tahlil etish; 2. O’qitish amaliyotida ilg’or pedagogik tajriba va texnologiyalarni o’rganish va umumlashtirish; 3.Olingan natijalarni taqqoslash va amaliyotda qo’llash metodlarini qiyosiy xarakteristikalarini tahlil etish; Ishning ilmiy ahamiyati. Ish ma’lum ilmiy uslubiy ahamiyatga ega, unda: 1. Matematika o’qitish metodlariga bo’lgan umumiy talablar; 2. Darslik va kitob ustida ishlash va matematikadan uyga beriladigan vazifalar va ularni tekshirish asosida o’quvchilarning qiziqishlarini jonlantirish; 3. O’quvchilarning krasvord, boshqotirmalar asosida qiziqishlarni o’stirish kabi nazariy va amality masalalar qaralgan va zarur uslubiy tavsiyalar berilgan. Ishning amaliy ahamiyati Ish natijalaridan boshlang`ich sinf o`qituvchisi 3- sinf matematika darslarida, matematika fanini o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda, o’z ish va ilmiy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Kurs ishining tuzilishi. Ish kirish, 2 ta bob, boblarga tegishli paragraflardan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


    Download 75.74 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 75.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavriat yo’nalishi tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim

    Download 75.74 Kb.