turgʻunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va
bu jara-yonlarda moddalar
almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. Uning yana bir xususiyati uning
oʻzgaruvchanligidir Binobarin organizmlar irsiy belgilarining turgʻunligi mutloq
boʻlmaydi. Turli xil organizmlar bir-biridan turgunlik darajasi bilan farq qiladi.
Masalan, paleozoy erasi perm davridan saklanib qolgan ochiq
uruglilar vakillaridan
ginko (Ginko biloba) ni qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar oʻtgan
boʻlishiga qaramay bir qancha irsiy belgilar deyarli oʻzgarishsiz saklanib qolganligi
koʻzga tashlanadi. Xuddi shu tariqa panjaqanotli latimeriya baligʻi (Latimeria
chalumnae) ham million yillardan buyen deyarli oʻzgarishsiz Hind okeanining jan.-
gʻarbiy qismida saklanib qolgan. Lekin aksariyat hollarda uning turgʻunligi muayayn
darajada nisbiy boʻladi. Organizm genetik omillar va yashash sharoitining oʻzaro taʼsiri
natijasida rivojlanganligi tufayli U ham genotip va tashki sharoitning taʼsirida turli
koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Aksariyat hollarda xromosomalar tarkibidagi DNK
molekulasida joylashgan genlar orkali amalga oshadi. Bunday xromosoma yoki yadro
deyiladi. Genlarning nisbatan kam qismi sitoplazmada
joylashgan pla-stidalar va
mitoxondriyalarda, yaʼni xromosomalar bilan bogʻliq boʻlmagan hujayra elementlarida
joylashgan boʻladi. Bu genlar faoliyati orqali amalga oshadigan sitoplazmik deyiladi.
U tufayli organizmlar har xil guruhlarining nisbatan musta-qilligi, ularning yaxlit
sistema (po-pulyasiyalar, turlar) sifatida muayyan yashash
sharoitiga moslashganlik
xususiyatlari saqlab qolinadi. Ilmiy sababdan evolyusion jarayonning eng asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Genetik tadqiqotlar natijasida qator qonunlari kashf etildi. Mendel
tadqiqotlaridan kelib chiqadigan qonunlari quyidagilardan iborat:
organizm belgi va
xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; Uning birligi boʻlgan genlar nisbatan
turgʻundir; har bir gen har xil allel (dominant va retsessiv) xrlatda boʻladi; tana
hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa koʻp.
Amerikalik T.Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi prinsiplari aniqlandi: gen
xromosomaning lokus deb nomlangan maʼlum bir qismida oʻrnashgan; allel genlar
gomologik xromosomalarning aynan oʻxshash lokuslarida oʻrin oladi; genlar
xromosomalarda muayyan tartibda bir qator boʻlib
joylashgan; jinsiy hujayralarda
xromosomalar soni tana xujayralariga nisbatan ikki hissa kam (gaploid) boʻladi.
Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qoʻshilishi ham ikki baravar
ortadi va somatik hujayralarda boʻlganidek diploid holatga oʻtadi. Prinsiplari negizida
genlarning molekulyar genetik strukturasi va funksiyasi haqidagi taʼlimot
yotadi..qonuniyatlarini oʻrganish qishloq xoʻjaligi amaliyotida
va tibbiyotda muhim
ahamiyatga ega.