bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan miqdor va sifat jihatdan farq
qiladigan individlarda koʻrish mumkin. Modifikatsion o’zgaruvchanlik. (Ch.Darvinga
koʻra, aniq boʻlgan o’zgaruvchanlik.) muayyan belgilarning muayyan yoʻnalishda
oʻzgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega boʻladi. Har xil fizik va
kimyoviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan modifikatsion o’zgaruvchanlik. morfozlar
deyiladi. Muayyan genlar mutatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan morfozlar fenokopiyapar
deb ataladi. Fenotipik o’zgaruvchanlik.ni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar
bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish
mumkin. Shu sababdan genotipning fenotipda roʻyobga chiqishi uchun muayyan
sharoit boʻlishi lozim. Mas, oʻsimlik rangining yashil boʻlishi uchun xlorofill
sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik \am zarur. Muhit sharoiti
taʼsirida paydo boʻladigan o’zgaruvchanlik. darajasi ham koʻp jihatdan irsiyatga
bogʻliq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaksiyasi normasini belgilab
beradi. Irsiy va noirsiy o’zgaruvchanlik. organizmlarning individual sifat va miqdoriy,
mustaqil va korrelyativ (oʻzaro bogʻlangan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda
belgilarining
va
xilmaxilligini
belgilab
beradi.
Evolyutsiya
jarayonida
o’zgaruvchanlikning turli shakllari bir xilda ahamiyatga ega boʻlmaydi. Irsiy
o’zgaruvchanlik. organik evolyutsiyaning asosi va seleksiya uchun material manbai
hisoblanadi. Noirsiy o’zgaruvchanlik organizmlarni muhitning oʻzgarib turadigan
sharoitiga moslanishini taʼminlaydi. Matematik statistika va solishtirmatavsifiy
metodlar — o’zgaruvchanlik.ni oʻrganishning asosiy metodlari.