Biokimyoviy usul. Odamda uchraydigan juda ko'p patologik holatlar modda-lar
almashinuvining odatdagicha borishida har xil o'zgarishlar yuzaga kelishiga bog'liq
bo'ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida
qandli diabet kasalligining sabablari o'rganiladi. Bu kasallik me'da
osti bezining
odatdagi faoliyati buzilishiga bog'liq bo'ladi, bu bez
qonga insulin gormonini kam
ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko'payib,
odam organizmidagi moddalar
almashinuvida chuqur o'zgarishlar ro'y beradi.
Odarrdagi irsiy kasalliklar
Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Odatdan tashqari
o'zgarishlar va kasalliklar genotipga bog'liqdir. Odamlar populyatsi-yasida 2000 dan
ortiq irsiy kasalliklar nasldan-naslga o'tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy kasalliklar va
ularning paydo bo'lish sabablarini hamda davo-lash usullarini
tibbiyot genetikasi
o'rganadi. Irsiy kasalliklar shartli ravishda ikkiga: gen
va xromosoma kasalliklariga
ajratiladi.